Bugungi kunda Rossiya Federasiyasida 3 milliondan ortiq o`zbekistonlik muhojirlar borligi aytiladi. Ukrainaga qarshi boshlangan harbiy amaliyotlar ortidan Rossiyaga qo`llanilayotgan AQSh va G`arbning sanksiyalari ta`siri O`zbekiston muhojirlarini ham chetlab o`tayotgani yo`q. Yildan yilga Rossiyaga borish zararliroq bo`lib bormoqdami?
Savollarga huquqshunos Botir Shermuhammad batafsil javob berdi:
O`zbek migrantlari Rossiyada qay ahvolda? Ularni qanday masala qiynamoqda?
- Birinchi, navbatda bu bo`lgan voqealardan migrantlarimizga albatta moddiy, iqtisodiy tarafdan ziyon etadi. Murojaatlar bor. Nima qilishimiz kerak kerak deya ozgina sarosima bilan savol berishmoqda. Endi pulni qanday uyga jo`natamiz, bank ishlamayapti degan savollar kelmoqda bizga ham. Umuman olganda, migrantlarni asosiy qiziqtirib turgan narsa hozir siyosiy narsa emas, iqtisodiy masala birinchi bo`g`inda turibdi. Pulni qanday yuboramiz, dollarning narxi qancha bo`ladi, ertaga yuborsa bo`ladimi yoki yo`q kabi savollar turibdi.
O`zbekistondagi ba`zi bir banklar Rossiyadan kiruvchi pullarni vaqtinchalik yopib qo`ydi. «Ipak yo`li» banki masalan. Shuning uchun shunday xavotir bor. Asosiysi shu, boshqa tomondan Rossiyada muammo yo`q bugungi kunda.
Dollar kursini ko`tarilgani maoshlarga ham ta`sir qilganmi? Qaysi yo`l orqali pul jo`natishlarini maslahat berasiz? Imkon bormi o`zi hozir Rossiyadan O`zbekistonga pul o`tkazishni?
- Imkon bor. Faqat gap shundaki, doimiy ravishda dollar kursi o`zgarib turganligi sarosima uyg`otadi. Bugun 80 dan almashtirilgan bo`lsa, ertaga 90 undan keyin 100 kabi o`zgarib turibdi. Shuning uchun odamlarda tushunarsiz holat. Maoshga hali ta`sir qilib ulgurgani yo`q. chunki vaziyatga ko`p bo`lgani yo`q. Maoshga ta`sir qilishi uchun men o`ylashimcha vaqt o`tishi kerak. To`g`ridan-to`g`ri maoshga emas, narx-navoga ta`sir qiladi. Import tovarlarni narxi oshib ketadi. Shunga o`xshash savdo-sotiqqa ta`sir qilishi mumkin. Ba`zi texnikalarni narxi oshib bormoqda kundan-kunga. Lekin hali maoshga ta`sir qilgani yo`q. Rossiya rublida olgan maoshlarini O`zbekistonga dollarda yuboradi. Shuni kamayib qolganligi sezilyapti. O`zimiz ham shaxsan sezyapmiz.
Hozir o`zi umuman olganda vaqtincha pul jo`natmagan ma`qul. Tushunarsiz holat, balkim ertaga dollar narxi birdan o`zgarib ko`tarilib ketishi mumkin. Shuning uchun hozirgi kunda rubl sotib olish ham, dollar sotib olish ham to`g`ri emas. Buni albatta, iqtisodchilar tushuntirgani ma`qul. Lekin, pul jo`natsa bo`ladi. Ba`zi banklar ishlamagani bilan, lekin mana Rossiya o`zining
«Yunistrim»,«Kontakt» kabi sistemalari ishlab turibdi. Rossiya Prezidentining oxirgi qarori bo`yicha chet davlatlarni shu kabi pul yuborish bo`yicha ishlaydigan sistemalari taqiqlandi. Ya`ni hozirgi kunda “Western Union” kabi xorijiy tizimlar orqali, chetga bankda hisob ochmasdan turib pul o`tkazish taqiqlandi. Lekin, Rossiyaning o`zining sistemalari bor. Ular ishlayapti.
Men iqtisodchi emasman, huquqiy maslahatlar beraman. O`zimizdan kelib chiqib maslahat beryapmiz. Bundan yomon bo`lmasa kerak bundan keyin. Umid qilamizku, urush to`xtab, sanksiyalar engillashib, dollar kursi ham yaxshi bir vaziyatga kelib qolar. Lekin bundan yomon vaziyat bo`lmasa kerak. Pul yuborish mumkin, lekin yutqizib qo`yish ham mumkin. Vaziyat tez o`zgaryapti. Hozir bergan maslahatimiz, bir soatdan keyin ham o`zgarib qolmoqda. Oyni boshida hamma ish haqi olgan bo`lishi kerak, aynan shunda bir qancha variantlarni ko`rishi kerak.
Bir yaxshi taklif bo`ldi, iqtisodchilar, bankda ishlaydiganlar bir yig`ilib aholiga tushuntirish bersa bo`ladi degan. Engilroq, arzonroq yo`lda qanday pul jo`natsa bo`ladi degan tushuntirish, maslahatlar berishi kerak deyishgan edi. Nafaqat, migrantlar, balki savdo-sotiq bilan shug`ullanadigan tadbirkorlarimiz bor. Eksport-import qilayotganlar bor. Ular nima qilishi kerak. Shuning uchun hozirgi kunda yaxshi bir iqtisodchi, moliyachilarni maslahati kerak. Chunki biz huquqshunosmiz, ko`proq huquqiy masalada yordam beramiz. Lekin o`zimizga ham hozirgi kunda iqtisodchilarni maslahati kerak.
Bahor vaqtida O`zbekistondan muhojirlarni ketishi kuzatilardi. Bu yil bu xol qanday kechmoqda. Ishga doimgidek ketilmoqdami?
Lekin hozirgi vaziyatda ko`p odamlar menga yozishdi, 5 martga bilet olib qo`ygandim, borsammikan yo`qmi deb. Bu savolga javobni o`zi yo`q. Yo`l ochiq borsa bo`ladi. Rossiyani 12 ta regioniga borib bo`lmayapti, chunki yopilgan. Markaziy shaharlarida reyslar ishlab turibdi. Rossiya hukumati ba`zi bir davlatlar bilan doimiy reyslarni yana ko`paytirishni e`lon qildi. Pandemiyadan keyin hali avtomobil, poezd yo`llari hali ochilmagan. Bu ham ochilib qolishiga umid qilib turibmiz. Chunki Rossiya hukumati pandemiyani unutgani ko`rinib turibdi, hozirgi kunda. Chunki, tadbirlarga ham ruxsat berganini kecha o`qidim. Odamlarda xavotir bor, Migrasiya markazi ishlaydimi, patent olsak bo`ladimi degan, hayot davom etmoqda, sekin asta izga tushmoqda hayot.
So`nggi voqealardan keyin sizga Rossiyada ishlayotganlardan qaytish, ish izlash yoki boshqa davlatga borish borasida maslahatlar ko`paygan. Shundaymi?