Akmal BURXONOV: O`zbekiston byudjetidan o`marilgan milliardlar qaytarilmoqda

26.12.2020 16:34

 

Qaysidir vazirlikda qancha miqdorda pul mablag`i talon-taroj qilingani haqida ommaviy axborot vositalarida ochiq axborot berib borilmoqda. Ularning miqdori hayratlanarli darajada yirik.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisi Akmal Burxonovning aytishicha, Prezident 2019 — 2020 yillarda byudjetdan 2 trilliard so`m mablag` o`marilganini qayd etgan. O`marilgan mablag`lar miqdori doim e`lon qilinadi. Biroq, shu pullarning qancha miqdori byudjetga xalq uchun qaytarilgani haqidagi ma`lumotlarni ko`pincha uchratmaymiz.
Rost24.uz muxbiri Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisi Akmal Burxonovdan byudjetning talon-taroj qilingan pullari qanchasi o`z joyiga qaytarilgani bo`yicha hisobot so`radi.

Akmal Burxonov: "Bugungacha byudjetdan o`marilgan 2 trillionard so`mning 90 foizga yaqini qaytarilgan. Pullar aybdor, deb topilgan shaxslar tomonidan qaytarilgan bo`lib, mablag` qaytarilgach ularning jazosi engillashtirilgan. Pullarni talon-taroj qilgan shaxslarning mol-mulklari musodara qilinmagan".

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisi 90 foiz mablag` qaytarilganini qayd etgan bo`lsada, pul mablag`lari o`zlashtirilgan, talon-taroj qilingan vazirlik, tashkilotlar shu vaqtgacha qaytarilgan mablag` haqida ma`lumot bermagan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
27.12.2020 19:11
Йугееее, куйсангчи, ёлгон гапириш яхши эмас!!
27.12.2020 13:36
Кайтарилган булса,уша пуллар хисобидан,тадбиркорларга,хунармандларга имтиёзли кредит берилса айни муддао булар эди.
27.12.2020 13:35
Кайтарилган булса,уша пуллар хисобидан,тадбиркорларга,хунармандларга имтиёзли кредит берилса айни муддао булар эди.
27.12.2020 11:33
Бюджет маблағларини талон-тарож қилганларга бериладиган жазо енгиллаштирилаверса талон-тарож қилиш ҳеч қачон тўхтамайди. Бундай шахсларга шундай жазо бериш керакки, улар қилган ишидан пушаймон бўлиб, оиласи, бола-чақаси олдида бош кўтариб юраолмайдиган бўлсин. Бунга эришиш учун уларни мол-мулки мусодара қилиниши ва улар хақидаги маълумотлар халққа очиқланиши керак.