#Surishkerak ushbu xeshteg asosan yoshlar orasida keng tarqalgan. Ularning qaysi sohalardan ko`ngli to`lmaydi?
O`zbekistonliklar qaysi mamlakatga ketishga oshiqadi?
Rost24.uz muxbiri shu haqida so`rovnoma o`tkazdi.
- Yaponiyaga ketgan bo`lardim. U erda «paxta qo`yish» kamroq.
- Bir umr Toshkentga kelishni xohlardim. Menga shu erda yashash yoqadi.
- Hech qaerga ketmasdim. O`tiribmiz mana pul ko`pligidan.
- O`zbekistonda yashash qiyin, Kanadaga ketaman.
Fikrlar turlicha, sabablar ham. So`rovnomada ko`proq Kanada, AQSh va Rossiya davlatlari tilga olindi. Nega aynan shu davlatlar?
Ma`lumot uchun, AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi «Grin kart» lotereyasi uchun O`zbekiston fuqarolaridan 2017 yilda 1,8 millionta, 2018 yilda 1,7 millionta, 2019 yilda 466 480 ta, 2020 yilda 5319 kishi ushbu lotereyada o`ynash uchun ariza topshirgan. Oxirgi o`n yillikda o`zbekistonliklarga 30 mingga yaqin «Grin kart» berilgan.