O`zbekistonda vazirliklar soni 25 taga etdi. So`nggi 6 yilda ularning soni 11 taga ko`paydi

18.02.2022 15:26

Turizm va sport vazirligi negizida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi tuzilmoqda.

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo`lib o`tgan majlisda esa Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga Adham Ikromov nomzodi ham ko`rib chiqilib, ma`qullandi.

O`zbekiston Respublikasi bosh vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov esa turizm va madaniy meros vaziri lavozimiga ma`qullangan. Endilikda O`zbekistonda vazirliklar soni 25 taga etdi va bu ko`rsatkich Markaziy Osiyoda, shuningdek, MDH davlarlari orasida ham eng ko`pidir.

2016 — 2022 yillar davomida respublikamizda vazirliklar soni 11 taga ortgan.

2021 yilda esa “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to`g`risida” gi Prezident qarori chiqqan.

Shu paytgacha O`zbekiston Respublikasida vazirliklar soni 24 ta bo`lib,  24 ta binoda ish faoliyatini olib borishardi. 

Bundan tashqari, vazirlarimizning o`rinbosarlari ham bor. Ularning umumiy soni 109 nafar. Har bir vazirlik alohida bino hamda vazir va vazir o`rinbosarlari xizmat mashinalari bilan ta`minlangan. Eng ko`p 8 nafar o`rinbosarga ega vazir Investisiyalar va tashqi savdo vaziri hisoblanadi. Keyingi o`rinda esa 7 nafar o`rinbosarga ega ichki ishlar vaziridir.

VAZIRLIKLAR RO`YXATI

1. Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi 

2. Ichki ishlar vazirligi 

3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi

4. Sog`liqni saqlash vazirligi 

5. Adliya vazirligi 

6. Mudofaa vazirligi 

7. Moliya vazirligi 

8. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 

9. Xalq ta`limi vazirligi 

10. Favqulodda vaziyatlar vazirligi 

11. Qishloq xo`jaligi vazirligi 

12. Qurilish vazirligi

13. Tashqi ishlar vazirligi 

14. Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi

15. Suv xo`jaligi vazirligi

16. Madaniyat vazirligi 

17. Innovasion rivojlanish vazirligi  

18. Transport vazirligi

19. Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi 

20. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

21. Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi

22. Energetika Vazirligi

23. Maktabgacha ta`lim vazirligi 

24. Turizm va madaniy meros vazirligi

25. Sportni rivojlantirish vazirligi

Eslatib o`tamiz, bir muddat avval Rost24.uz saytida “O`zbekistonda 24 vazir va 109 nafar vazir o`rinbosari bor”, "O`zbekistonda vazirliklar qisqartiriladimi?" maqolalari e`lon qilingan edi. Unda vazirliklar ko`pligi va ayni paytda qisqartirish zaruriyati borasida fikrlar olib chiqilgan, jumladan adliya vazirligi mutasaddilari vazirliklar sonini qisqartirish borasida o`rganilayotgani va tegishli joylarga taklif kiritilayotganini ma`lum qilgan edi. Shuningdek, saytda e`lon qilingan “Davlat idoralari sonini qisqartirish kerakmi?” nomli so`rovnoma joylashtirilgan. Unda qatnashganlarning 77% qisqartirish tarafdori ekanini bildirishgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
60
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
21.10.2022 02:23
Menimcha vazirlik ko‘payishi faqatgina foydaga. Chunki har bir sohani isloh qilishga sharoit yaraladi
22.07.2022 22:33
Вазирликдан ташкари нечта қўмиталар хам бор, уларни хам санаб кўрмабсизде
17.05.2022 21:47
Davlatni pulini yeydiganlar xam kòpayib ketdi xalqni xam òylasin vazirlikni kòpaytirguncha qora xalq ish izlab sarson bòlyapti
25.02.2022 02:23
26. Мусаффо осомон вазирлиги 27. Куп хотинли ва кундошлар вазирлиги 28. Каззоблар ва иккиюзламачилар вазирлиги
22.02.2022 18:31
Урра! Биз вазирлмклар сони буйича дунёда етакчи уринлардамиз.
18.02.2022 21:28
3 ва 19 ни, 8. 9 ва 23ни, 16 билан 23ни, 11 ва 15ни, 12 ва 21 ни, 6 ва 10ни, 1 ва 17ни бирлаштириш керак, 8та вазирлик кискариб, бюджетдан иктисод килинадиган маблагга купрок электр энергия ишлаб чикаришни ташкил килиш керак, э- энергия, газ сув булса кишлокларда хам ишсизлик камайиб, камбагаллик узи йуколади