Sodiq Safoev Lukashenkoning O`zbekistonga qaratilgan tahdidli chiqishlariga munosabat bildirdi

18.02.2022 13:15

Belorusiya prezidenti Aleksandr Lukashenko ikki bora O`zbekistonga qarata tahdidnamo chiqishlar qildi. Uning tahdidlarini O`zbekiston rasmiylari javobsiz qoldirdi. Bir hafta o`tib yangragan javobda ism-shariflar ochiq aytilmadi va umumiy fikrlar bildirildi. 

Ijtimoiy tarmoqlar esa blogerlarning Lukashenkoga qaratilgan keskin javoblariga to`ldi. Tashqi ishlar vazirligi saytida munosabat ko`rinmadi va matbuot xizmati ham jurnalistlar bilan aloqaga chiqmadi. Bunday vaziyatlarda tezkor brifing yoki press-konferensiya o`tkazishga odatlanmagan Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Lukashenkoning tahdidlariga ham pinagini buzmadi. 
Ammo, Oliy Majlis Senati raisi o`rinbosari Sodiq Safoev O`zbekiston rasmiylari Lukashenkoning og`zaki tahdidlarini javobsiz qoldirmadi, degan fikrda. Safoev «rasmiylar jim turgani yo`q, parlament vakillari gapirdi», deya javob qilarkan, Lukashenkoga nisbatan o`z munosabatini ham bildirdi. Sodiq Safoevning Belorusiya prezidenti tahdidlariga javobi Prezident Shavkat Mirziyoevning ayni mavzu yuzasidan bildirgan munosabati bilan o`xshash ko`rinadi: 

«Bizni munosabatimiz aniq va ravshan. O`zbekistonning o`z yo`li bor, siyosiy qarorlar qabul qilingan. Har qanday chetdan turib O`zbekistonning ichki ishlariga aralashuvlarga hech qachon yo`l qo`yilmaydi. Bu borada bizni tanlagan yo`limiz aniq va barqaror», dedi Sodiq Safoev.

 

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар