O`qituvchilar maoshi va`da qilinganidek oshirildimi? Ular ming dollar qachon olishadi?

15.02.2022 12:29

O`qituvchilar maoshini oshirish haqidagi gaplar anchadan buyon gapirib kelinadi. Bu gaplar shunchalik ko`p gapirilganidan bo`lsa kerak, hozir ko`pchilik o`qituvchilar allaqachon 10 milliondan ko`p oylik oladi deb hisoblaydi. Aslidachi?

                 Tizimda ishlaydigan o`qituvchilar qancha oylik olmoqda?

Ma`lumotlarga qaraganda, qӯshni Qozog`istonda ӯqituvchilarning o`rtacha  maoshi 800 dollar, Ӯzbekistonda esa 300 dollarni tashkil qilmoqda.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, Rossiya umumta`lim maktablarida ishlaydigan o`qituvchilarning o`rtacha ish haqi oyiga 778 dollarni tashkil qiladi. Qo`shni Qozog`istonda esa o`qituvchilar ish tajribasi va malakasiga qarab o`rtacha 499,5 dollardan 874,8 dollargacha maosh olishadi.
Ko`plab davlatlarda o`qituvchilarning ish haqi quyidagi omillarga bog`liq:

-o`qituvchining malakasi va tajribasi;

-dars soatlari miqdori;

-ta`lim muassasasining turi;

-maktabning reytingi.

Qaysi davlatda o`qituvchilarga eng ko`p maosh to`lanadi? 

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tahlillari bo`yicha, o`qituvchilar eng ko`p maosh oladigan davlatlar reytingida eng yuqori o`rinlarda (https://data.oecd.org/eduresource/teachers-salaries.htm) Lyuksemburg – yillik 101 360 dollar, Germaniya – 80 407 dollar, Kanada – 71 664 dollar turadi va bu mamlakatlarda eng yaxshi kasblardan biri aynan o`qituvchilik sanaladi. 

O`zbekistonda ӯqituvchilar qancha pul topishadi?
Ta`lim sohasidagi o`rtacha maoshlar respublika miqyosidagi o`rtacha ish haqi ko`rsatkichidan 28 foizga kamroq (O`zbekistonda 2021 yilda o`rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so`mni tashkil qilgan.

Qachon bu kӯrsatkich 1000 dollarga chiqadi?

Statistikaga ko`ra, korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning 37,6 foizi ta`lim sohasiga to`g`ri kelgan.

2026 yilgacha taraqqiyot strategiyasida malakali o`qituvchilarning oyligini bosqichma-bosqich 1000 dollar ekvivalentiga etkazish reja qilingan.

5 yil ichida bu natijaga etishning iloji bormikan..?

To`g`ri o`tgan yillarda o`qituvchining maoshi ma`lum darajada ortdi.

2017 yilda ta`lim sohasi vakillarining o`rtacha oylik maoshi 1,1 mln so`mni tashkil etgan

2018 yilda o`qituvchi qo`liga o`rtacha 1.4 mln so`m oylik olar edi.

2019 yilda esa o`rtacha maosh 2 million so`mga etdi.

 2021 yilning oxiriga kelib ta`lim sohasi vakillarining oylik maoshi 2,3 mln so`mni tashkil etdi  va bunda 2017 yilga nisbatan 1,99 marta oshgani qayd etildi. 

Respublika miqyosidagi o`rtacha oylik ish haqi darajasi esa 3,2 mln so`mga etgan bo`lib bu 2017 yilga nisbatan 2,2 marta oshganini ko`rsatadi.

Bundan ko`rinib turibdiki, o`qituvchi maoshi favqulodda oshgani yo`q. O`qituvchi maoshi 1000 dollarga etishi uchun maoshlar miqdorining o`sish jarayoni tezlashishi kerak.

   Eng kam maosh hali ham o`qituvchida

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotiga tayanadigan bo`lsak, ta`lim sohasi xodimi maoshi eng kam maosh oladigan sohalardan biri bo`lgan  sog`liqni saqlash tiziminikidan sal oldinroqda ekanligini ko`ramiz.

 

6-7 million olayotganlar ham bor!

To`g`ri, lekin buning uchun o`qituvchi ikki smenada dars berishi, bir qancha qo`shimcha yuklamalarni bajarishi va albatta kategoriya tasnifi bo`yicha yuqoriroq darajaga ega bo`lishi kerak. Buning uchun esa u imtihon topshiradi. Qolaversa hududlarda xotin-qizlar uchun eng yaxshi ish o`rni o`qituvchilik bo`lgan vaqtda bu soatlarga ega bo`lish oson kechmaydi.

      Eslatib o`tamiz, Davlat rahbari Senatning yangi binosida qasamyoddan so`ng besh yilda O`zbekistonda oliy toifali o`qituvchilarning maoshini ekvivalent hisobida ming dollarga etkazilishini ma`lum qilgandi.

2021 yilning 1 noyabrida Shavkat Mirziyoev o`qituvchi va shifokorlarning maoshlari bosqichma-bosqich oshirilishini ta`kidlab, bu uchun 2022 yilda 350 milliard so`m ajratilishini aytgan.

Avvalroq ham, ya`ni 2020 yilning noyabrida o`qituvchilar va shifokorlar bilan uchrashuvda Prezident ularning maoshini oshirish bo`yicha katta rejalar haqida e`lon qilgan edi. «O`qituvchi 1000 dollar olmasa, ishga kelmasligi kerak. Xuddi shu holat shifokor bilan. Agar shifokor 1000 dollar olmasa, ertaga bolalari va nevaralarini qanday boqadi?» — degan edi Prezident. O`shanda Shavkat Mirziyoev ko`pchilik mamlakatdagi tibbiy xizmatlar sifatidan norozi ekanini tanqid qilgandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
15
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
23.12.2022 11:09
Assalomu alaykum meni nazarimda oʻqtuvch maoshi 1000 dollarga chiqishi uchun Oʻzbekistonda har bir oila boquvchisi 500 dollardan kam top masligi kerak
18.12.2022 01:19
Boy boʻlaman deganlar taʼlimdan uzoqroq yuradi.Holva degan bilan ogʻiz chuchimaydi.
24.06.2022 01:30
To'g'ri o'qituvchini oyligi juda kam,4 yil o'qiymiz kontrakt to'lab,olayotgan oylik umuman arzimaydi.Undan ko'ra do'kondagi sotuvchilar,salondagi parikmaxerlarni topayotgan puli biznikidan anchagina yaxshi,eng yomoni oylik osharmish degan mish mishlar tarqalishi bilan hali oylik oshishga ulgurmasdanoq bozorlardagi narx navo osmonga chiqib ketadi.Oylik oshganiyam hech bilinmaydi.Ba'zan o'qituvchi bo'lish uchun 4 yil o'qiganimga afsuslanaman
03.04.2022 01:49
hechbomagada 500$qilshsa boladi oylik juda kam
22.03.2022 23:58
Козохистонда уртача 800 эмас, 2000, 2500 долларгача оцлик олади укитувчилар
20.02.2022 03:46
1 stavka oylik qo‘lga tegadigani 2080000 mutaxassisniki bo‘lsa , bu oylikni maktabda ishlaydigan ko‘pchilik qismi oladi . Agar 0,5 stavka bo‘lsa buni tassavur qiling . 3200000 so‘m ni 100% 30-40% o‘qituvchi oladi .
18.02.2022 16:50
Хакикатдан хам биз узбеклар "нагрузка" билан ишласак "тузукрок" даромад олишимиз мумкин, уша топилган хам "туй хашам" уй жой га сарф булиб кетади. Манимча, Узбекистон бюджети бемалол уртача 1000 доллар маош беришга кутаради. Факатгина йиллик бюджетни тугри таксимлаш, каррупция иллатини ва бюджетдаги угирликларни камайтириш керак, бунинг ечими албатта "инновация" ва ракамлаштириш.
15.02.2022 20:49
Ассалому алайкум. Жудаям тугри пост куйилган. Лекин битта нарса борда боскичма боскич 5 йилни ичида укитувчини ойлиги 1000$ буладигон булса, бозор нарх наво кандай булади? Уша 5 йилни ичида нарх наво хам ушанга яраша ошиб кетадику Яна эски холат бб колади. Иложи булса хозирдан ошириш керак бу мени фикрим алббата шунда укитувчини кукрагига шабада тегади ва бирор каттарок нарсаларга эришади