O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist 8 yildan buyon "Qariyalar uyi"da yashamoqda

24.12.2020 14:23

Hozirda u pansionat to`lovlarini to`lashga mablag` topa olmayapti

2000 yilda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist unvonini olgan Rustam Obidov bugun yashashga joyi bo`lmagani sababli urush va mehnat faxriylari pansionatida yashab kelmoqda. Xizmat ko`rsatgan jurnalistning pensiya puli shu yilning sentyabr oyidan 1 million so`mga etgan. U hozirda pansionatda pullik shartnoma asosida yashaydi.

Ayni damda pansionat karantinga yopilgani sababli faxriy jurnalist moliyaviy qiyinchilikka duch kelmoqda. “Avvallari kitob tarjima qilib, gonorar hisobiga pansionat to`lovlarimni qoplar edim. Birovga moliyaviy qiyinchiligim ortiqcha tushmasdi. Endilikda, karantin sababli pansionatdan chiqolmay qoldim. Kitoblarimni nashriyotga elta olmayapman. Boshqa birov orqali berib yuborishni ep bilmayman. Nashriyot bilan o`zim bog`lanishni istardim”, deydi jurnalist.

Rustam Obidovning aytishicha, pensiya pullari ham pansionat to`lovini qoplay olmayapti. Obidov O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist unvoni asosida pensiyasiga qo`shib to`lanishi kerak bo`lgan ustamani ham, turli sabablarga ko`ra to`liq berilmayotganini aytadi. Bu haqda Jurnalistlar uyushmasining sobiq raisi, marhum Sa`dulla Hakim bilan ham gaplashgan. Uyushmaning sobiq rahbari Rustam Obidovga uning pensiya pullariga aralasha olmasligini bildirgan.

2019 yil iyun oyida tarjima kitobiga Axborot va ommaviy kommunikasiya agentligi sobiq rahbari Komil Allamjonov aralashuvi bilan 15 million co`m qalam haqi to`lab berilganini aytadi, Allamjonovdan mamnun bo`lgan jurnalist. Bu pullar uning pansionat pullarini qoplashiga etarli bo`lgan. Hozirda Rustam Obidov koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy qiyin ahvolda qolgan. U pansionatdagi sharoiti yaxshi ekanini, bu erda o`z ijodini davom ettirayotganini ham aytmoqda: “Tarjima ishlarim bilan o`zimni bemalol eplab kelganman. Birovga og`irligim tushishini istamayman. Biroq, pandemiya meni cheklab qo`ydi”, deydi Rustam Obidov.

Qalam ahlini, ayniqsa, jurnalistlarni qo`llovchi tashkilotlarni O`zbekistonda soha vakillari deyarli sezishmaydi. Yuqoridagi holat esa buning aniq misoli bo`la oladi.  

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
15
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
25.12.2020 13:10
Яшанг умрингиз узок булсин!Комил Алламжоновдек мехир окибатли инсонлар купайсин! Журналистга иложи булса бир хонали квартира олиб берилса яхши буларди.Муруватли сахий инсонлар кумагида.
25.12.2020 09:36
Шу журналист тоғани данныйларини ёзиб юборинг бир саховатли инсон сўради