Alisher Usmonovning O`zbekistondagi boyliklari ortmoqda

09.02.2022 15:02

Yoxud "Kapitalbank", "Ohangaronsement" va "Ucell"dan boshlanayotgan mulklar...

Milliarder Alisher Usmonov O`zbekistondagi mulklarini ko`paytirmoqda. A.Usmonovning USM xolding kompaniyasi sho``ba korxonasi – “Telekominvest” MChJ “Kapitalbank”dagi ulushini 3,85 foizga ko`paytirdi.  Shu tariqa Alisher Usmonovning “Kapitalbank”dagi ulushi 61,54 foizga etdi.

Bundan oldin esa Alisher Usmonovning USM xoldingi sho``ba korxonasi "Ohangaronsement" aksiyalarining 98,6 foizini sotib olgan edi.

Akkerman Sement kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Anton Selyavko "Ohangaronsement"ga sarmoya kiritilishi, "O`zbekistondagi barcha USM investisiyalari kabi, birinchi navbatda, USMning asosiy aksiyadori Alisher Usmonovning kichik vatani bo`lmish ushbu davlatni rivojlantirishga qaratilganini" ta`kidlagan.

2021 yil 30 sentyabrda esa Alisher Usmonovning USM xolding bo`linmasi O`zbekistonda qo`shma korxona tashkil qildi. Qo`shma korxona tarkibiga Ucell, shuningdek, USM sho`ba korxonalari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan kiradi. Qo`shma korxonada 51 foiz ulush MegaFon va USM Telecom qo`shma korxonasi Digital Investga, 49 foizi esa O`zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli bo`lgan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
14
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
09.02.2022 20:41
АССАЛОМУ АЛЕЙКУМ МЕН НАМАНГАН ШАХРИДАНМАН МЕНГА ОСОНРОК ВА ЕНГИЛРОК ИШ ТОПИБ БЕРСАНГИЗ МЕН 2 ГРУХ НОГИРОНИМАН 5 ТА КИЗИМ БОР ЁШИМ 41ДА ИЛТИМОС