Qariyalar pensiya puliga kun ko`ra oladimi?

08.02.2022 12:45

Rost24.uz muxbiri aholi gavjum joylarda odamlar fikrini o`rgandi.
 - Pensiyam dori - darmonga etib turibdi. Qolganini qo`yaverasiz endi.
- Pensiya bor - ku, gapirishgayam arzimaydi. 
- Hech narsaga etmaydi, ko`chada kira qilib yuribman etmishga kirib. 
- Sal kam 2 mln olaman. Xudoga shukr.
Respondentlarning ko`pchiligi olayotgan pensiyasini dori - darmonga ishlatishi va bu etmasligini aytishgan.


Eslatib o`tamiz, pensiya hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 so`m, yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 so`mni tashkil etadi.

Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi matbuot xizmatining ma`lumotiga qaraganda, O`zbekistonda 1991—2021 yillar davomida Prezident farmonlariga asosan pensiyalar miqdori 67 marotaba oshirilgan.
Shundan, 2021 yil sentyabr holatiga ko`ra bir oylik o`rtacha pensiya miqdori:
Toshkent shahrida — 1 250 992 so`m;
Navoiy viloyatida — 1 176 323 so`m;
Toshkent viloyatda — 1 012 617 so`m;
Buxoro viloyatida — 941 411 so`m;
Sirdaryo viloyatida — 936 392 so`m;
Qoraqalpog`iston Respublikasida — 918 930 so`m;
Samarqand viloyatida — 902 172 so`m;
Qashqadaryo viloyatida — 876 728 so`m;
Xorazm viloyatida — 870 800 so`m;
Surxondaryo viloyatida — 850 685 so`m;
Jizzax viloyatida — 848 930 so`m;
Farg`ona viloyatida — 836 856 so`m;
Namangan viloyatida — 802 125 so`m;
Andijon viloyatida — 801 640 so`m.

2021 yil 1 oktyabr holatiga ko`ra, respublika bo`yicha pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 548 093 nafarni tashkil etmoqda (umumiy aholi sonidagi ulushi 10,2 foiz). Bu 1991 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 1 389 098 nafarga yoki 64,3 foizga ko`p.

Bir vaqtning o`zida iste`mol tovarlari narxi bir necha barobarga ortmoqda. Birgina misol, 2018 yilda bir kilogramm go`shtning narxi o`rtacha 28  ming bo`lgan bo`lsa, hozirda mamlakatimiz bozorlarida qoramol go`shti o`rtacha 70-80 ming so`mgacha sotilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар