OLIY SUDGA SAVOL: 500 ming so`m olgan shifokorga ham, 10 ming dollar olgan hokimga ham 5 yil jazo. NIMA UChUN?

05.02.2022 16:56

YoXUD Adolat mansabga qarab ta`minlanadimi?

500 ming so`m pora olgan shifokorga ham, 10 ming dollar pora olgan "zam" hokimga ham 5 yil qamoq jazosi.

Bunday vaziyatlarda sudyalar tomonidan adolatli ish tutilmoqdami?

Rost24.uz muxbiri ushbu vaziyat bo`yicha savol bilan Oliy sud raisi o`rinbosariga yuzlandi.

Joriy yil 14 yanvarda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 500 ming so`m pora olgan tuman tibbiyot birlashmasi o`rinbosari 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqidagi xabarlar Oliy sudning rasmiy kanalida e`lon qilingan edi. Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng shov-shuvga sabab bo`lgan. Chunki Qo`qon shahri hokimining birinchi o`rinbosari A.N 10 ming dollar pora olgani uchun ham 5 yil muddatga qamoq jazosi berilganligi va bu ikki voqea bir-birini butunlay inkor qilayotgani barchaning e`tiboriga tushgandi.

Bu vaziyat bo`yicha Oliy sud nima deydi?

Oliy sud raisi o`rinbosari Ikrom Muslimov ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

“Menga rais o`rinbosari bo`lib turib meni qiynaydigan narsa shuki, qaysi ish haqida gap ketyotganini bilmay turib, men javob berishim qiyin. O`sha vrach haqida ham va hokim o`rinbosari haqida ham. U ishni man qo`limga olib, o`zim shaxsan ko`rib chiqsamgina fikrimni aytishim mumkin. 
U ishni men ko`rib chiqishim uchun, u ish barcha instansiyalardan o`tishi kerak bo`ladi. Birinchi appelasiya, kassasiya bosqichi. Ana undan keyin ham e`tiroz bo`lsa, takroriy kassasiya berilsa, Oliy sud raisining o`rinbosari sifatida sud qonuniyligiga baho berishim mumkin.

Men sizni savolingizga javob berishdan bo`yin tovlamoqchi emasman, to`g`ri tushuning faqat. Avvalambor bu ishni man tanishmasdan turib “Nima uchun?” degan savolga javob bera olmayman. Endi jinoyat ishida har xil holat bo`lishi mumkin. Og`irlashtiruvchi, engillashtiruvchi, jazo tayinlashda inobatga olinadigan va olinmaydigan holatlar bo`ladi. 210-modda bor, 168-modda bor firibgarlik yo`li bilan og`dirish holatlari bo`lishimi mumkin. Shuning uchun, bu ishni biz o`rganandan keyin javob berishimiz mumkin”, deya so`zini yakunladi Oliy sud raisi o`rinbosari.

Oliy sud raisi Ikrom Muslimov ta`kidlagandek, qaysidir ishni bilmasdan turib unga fikr bildirolmaydigan holatlar bo`lishi mumkin, albatta, biz buni inkor qilmaymiz. Lekin bunday holat oddiy fuqarolar uchun tushunarsiz. Shuning uchun mana shunday paradoks vaziyatlardagi moddalarni yoki ma`lumotlarni aholiga tushuntirish kerak. “Amaldorlar qancha olsa ham mayli, oddiy ishchilar 100 so`m olsa ham ko`rinadi”, qabilidagi vaziyat bo`lmayaptimi?

Biz, Oliy sud ushbu savolga beriladigan rasmiy javobini yaqin vaqt ichida e`lon qilishidan umidvormiz.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
8
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
06.02.2022 18:13
Умуман олганда “пора”ни катта кичиги бўлмайди. Шифокорларни таъмагирлик қилиши эса энг аянчли оқибатларга сабаб бўлиши мумкин. Адашмасам, ўшанда ёш болага ногиронлик белгилаш учун пул сўралган. Ўша бола ростдан ногирондир, алоҳида парваришга мухтождир. Ўшанинг оиласи учун 500 минг сўм пул катта пулдир, ер сотиб олмоқчи бўлганларга иқтисодий ҳолати билан таққослаганда. Судьяларни иш кўриши дахлсизлиги ҳам таъминланиши керак. Даъвогар ва жавобгар томон қарорга эътироз билдиришга ҳақли. Лекин, тўғри Қонун ҳамма учун бир хилда ишлаши керак.