TADBIRKORLAR MAKTABIDA 1-MAVSUM O`QUV KURSLARI BOShLANDI

02.02.2022 12:06

O`zsanoatqurilishbank hamda “O`zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan  “Tadbirkorlar maktabi” o`quv markazida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida o`z biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, tarmoq korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari uchun o`quv kurslari boshlandi.

Markazda 10 dan ortiq oliy ta`lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan o`zaro hamkorlik o`rnatilgan bo`lib, bir vaqtning o`zida 40 nafar tinglovchini qamrab olish imkoniyati mavjud. Mashg`ulotlar zamonaviy o`quv dasturlari va yangi ta`lim metodlari asosida o`tadi.

O`quv kurslari mutlaqo bepul.

72 soatga mo`ljallangan kurslar yuqori malaka va ko`nikmaga ega, fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan olib borilmoqda.

O`qishni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga tegishli sertifikat beriladi.

Qo`shimcha ma`lumot uchun: 
945766900, 335769595, 8977278784 

Reklama huquqi asosida

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
03.02.2022 02:16
Ассалому алайкум Нечи ешдан кабул келинади