Buxoro shahar prokurorining ishdan ketgani rostmi?

24.12.2020 06:18

Biroz avval Buxoro nyus kanalida (@BukharaNewsUz) Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov o`z ixtiyoriga ko`ra ishdan bo`shash to`g`risida ariza yozgan bo`lishi mumkinligi haqida ma`lumot e`lon qilingandi.

Rost24 muxbiri bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmatiga murojaat qildi. Bizga ma`lum qilinishicha, «ayni vaqtda Bosh prokuratura Kadrlar boshkarmasi va Buxoro viloyati prokuraturasiga Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov o`z ixtiyoriga ko`ra ishdan bo`shash to`g`risidagi ariza kelib tushmagan. Bu ma`lumot xaqiqatga tug`ri kelmaydi».

Eslatib o`tamiz, Jasur Fozilov 11 dekabrdan boshlab ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali e`lon qilgan videomurojaatlarida prokuratura organlari rasmiylariga nisbatan qator da`volarni ilgari surdi.

Keyinroq esa Bosh prokuratura tomonidan Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshiriliayotgani haqida bayonoti e`lon qilindi.

15 dekabr kuni esa Jasur Fozilov ishi bo`yicha Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining bayonoti e`lon qilingandi.

20 dekabrda uni ishga tiklangani haqida xabarlar berilgandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар