Manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`ygan Firdavs Abduxoliqov bor yo`g`i 8,1 mln so`mgacha jarimaga tortilishi mumkin

01.02.2022 19:32

Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov o`z oila a`zolariga tegishli telekanalga davlat buyurtmalarini bergani yuzasidan prokuratura tomonidan ma`muriy ish ochildi.

 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdim etgan hujjatlar Bosh prokuratura tomonidan o`rganib chiqilib, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovga nisbatan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risida ish qo`zg`atilgan.

Ma`muriy ish belgilangan tartibda ko`rib chiqish uchun 25 yanvar kuni jinoyat ishlari bo`yicha sudga yuborilgan. 

Bu haqda bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga asoslanib Kun.uz' xabar bermoqda.

Sud majlislariga oid ochiq ma`lumotlar portalida ko`rsatilishicha, Abduxoliqov MJtKning 175-8-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Bu moddaga ko`ra mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha (5,4 milliondan 8,1 million so`mgacha) miqdorda jarima solinishi mumkin.

Sud majlisi 2 fevral kuni jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tumani sudida sudya Ja`far Kurbanov raisligida ko`rib chiqiladi.

Ayrim manbalar O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA) jamg`armasi direktori Firdavs Abduholiqovning kuyovi Davlat Rashidov ekanligi xabar qilindi.       

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborotiga ko`ra, 2021 yilda Kinematografiya agentligi tomonidan berilgan davlat buyurtmalari asosida “Sevimli” telekanali ishtirokida “Orzular palatasi” va “Tuzoq” seriallari suratga olingan. 2021 yilning 18 may kuni agentlik va telekanal o`rtasida jami qiymati 1,8 mlrd so`mlik shartnoma imzolangan va 1,8 mlrd so`m pul mablag`lari telekanal hisobraqamiga o`tkazib berilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар