Yaqindahuquq-tartibot idoralarida faoliyat yuritganhokimlar soniyana birnafarga ko`paydi.
24 dekabr kuni Bahodir Abduvaliev Yunusobod tumani hokimi etib tayinlangani haqida ma`lum qilgan edik. U 1992 yildan hozirga qadar huquq-tartibot idoralarida turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, 2019 yildan Toshkent shahar prokurorining o`rinbosari bo`lib ishlab kelgan. U prokuratura tizimidan hokimlikka o`tgan yolg`iz amaldor emas.
2020 yil sentyabr oyida Asaka tumani hokimligiga Jalaquduq tumani Ichki ishlar bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan Mansurbek Alixonov Mamasidiqovich tayinlangan edi.
2021 yil dekabr oyida Mansurbek Alixonovning aholi bilan nomaqbul suhbati ijtimoiy tarmoqlarda salbiy muhokamalrga sabab bo`lgan edi. Mansurbek Alixonovning qo`lini cho`ntakka solib aholi bilan muomala qilgan surati ortidan, matbuot xizmati xodimi o`z xohishi bilan ishdan ketgan.
Bulung`ur tumani hokimligiga 2021 yil dekabr oyida Samandar Ostonov tayinlangan. U tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurori o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Tumanning oldingi hokimi Bahodir Bahromov esa Samarqand shahar IIB boshlig`i vazifasidan Bulung`ur tumani hokimligiga saylangan edi.
Ilhom Yusupov 2020 yilning iyulida Qiziriq tumani hokimi etib tayinlangan, bungacha esa Surxondaryo viloyati IIB boshlig`i o`rinbosari lavozimida ishlagan.
Bahrom Tursunov 2019 yil sentabrida Uzun tumani hokimi etib tayinlangan. Bunga qadar Muzrabot tumani IIB boshlig`i lavozimida edi. Tursunov faoliyati davomida Surxondaryo viloyati IIB tizimida turli lavozimlarda ishlagan.
Farrux O`ktamjonov 2020 yilning noyabr oyida Sayxunobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. Bungacha Sirdaryo viloyati IIB boshlig`ining jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Sayidbahrom Sayidmusaev 2020 yilning iyun oyida So`x tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. U bunga qadar So`x tumani IIB boshlig`i edi. Shuningdek, S.Sayidmusaev Quva, Beshariq tuman hamda Qo`qon shahar IIB boshlig`i hamda viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari vazifasida ishlagan.
Zoir Aliqulov 2016 yilning sentyabr oyida Dehqonobod tumani hokimi sifatida ish boshlagan. Bunga qadar Qashqadaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig`i edi.
Shavkat Mavlonov 2021 yilning iyun oyida Chilonzor tumani hokimi etib tayinlandi. Bungacha Sirdaryo viloyati IIB boshlig`i lavozimida ishlagan. 2021 yilning dekabr oyida kun.uz Chilonzor tumani hokimligi bilan bog`liq oldi-berdilari haqida tanqidiy jurnalistik surishtiruvini e`lon qilgandi.
Azizxon Umarxonov 2021yil avgust oyida Olmazor tumani hokimi sifatida ish boshlagan. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i bo`lgan.
2021 yil 18 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatiga Murodjon Azimov viloyat hokimi v.b etib tayinlandi.
2018 yilning fevral oyida general-mayor Murotjon Azimov Davlat bojxona qo`mitasi raisi lavozimiga tayinlangan.
2016 yilning sentabridan u O`zbekiston bosh prokurorining birinchi o`rinbosari, ungacha esa Buxoro viloyati prokurori bo`lgan.