Kecha kechki payt Tojikiston va Qirg`iziston chegarasida otishma yuz bergan. Vaziyatga Tojikiston tomonining Botken va Isfara (Qirg`iziston) shaharlarini bog`lovchi yo`lning bir qismini to`sib qo`ygani sabab bo`lgani aytilmoqda.
Tojik chegarachilari esa, qirg`izlar Tojikiston avtomobillariga tosh otishgani uchun vaziyat keskinlashgani, qirg`izlar birinchi bo`lib otishma boshlaganini, o`zlari esa faqat javob qaytarganini ma`lum qilishgan, ikkinchi tomon esa aksincha aytmoqda.
Vaziyat keskinlashgach, ikki davlat rasmiylari bahsli hududga etib borib, muzokara o`tkazishgan. Tojikiston va Qirg`iziston chegarasida kazarma holati e`lon qilingan, Botken viloyatining bir qismi elektr tokisiz qoldirilgan.
Tojikiston chegaraga tojik xavfsizlik xizmati vakillarini, polisiya va armiyani yuborgan.
Vaziyat jiddiylashishda davom etgach, hududda yashovchi aholini evakuasiya qilish boshlangan.
Tojikistonlik olti nafar harbiy jarohatlangani aytilmoqda, bir kishi qurbon bo`lgan.
Hududlar o`zaro tinchlikka erisha olmagach, vaziyatga KXShT bosh kotibi munosabat bildirib, o`t ochishni tezda to`xtatishga buyruq berdi. Ma`lum bo`lishicha, tojik tomoni hamon Qirg`izistonning elektr uzatish liniyalariga minomyotlardan maqsadli o`q uzmoqda, vaziyat barqarorlashmagan.
Ma`lumot uchun, mazkur hudud bahsli hisoblanadi, qirg`iz-tojik chegarasidagi mojarolar birinchisi emas, avvalroq Bishkekda ham ikki davlat fuqarolari o`rtasida otishma sodir bo`lgan edi.
Hozirda vaziyatga KXShT aralashib, ikkala tomonni tinch muzokaralar yo`li bilan vaziyatni yumshatishga chaqirmoqda, KXShT kotibi buning uchun har qanday yordamga tayyorligini ma`lum qilgan.