SERIALLAR MOJAROSIDA BALKI “ALLAMJONOV AYBDOR”DIR...

27.01.2022 18:44

Mojaroli seriallarning hayotiy ssenariysi esa O`zbekiston media bozorida monopoliya o`rnatishga qaratilganmi?

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda trendga chiqqan seriallardagi yoqimsiz sahnalar “ssenariysi” prokuratura va Antikorrupsiya agentligi aralashadigan darajagacha ko`tarildi. Aniqirog`i, shu darajagacha olib kelindi.

“Mening yurtim” telekanalida qandaydir xato ketishini kutib o`tirishgan shekilli, kimlardir kutgan sahna paydo bo`lishi bilan jamoatchilik e`tiboriga olib chiqildi. Barchaga ko`z-ko`z qilinib kattagina shov-shuv yaratildi.

Bu borada Komil Allamjonovga qarashli bo`lgan barcha OAV birdaniga harakatni boshlab yubordi. Vaholanki, seriallardagi bunday sahnalar K.Allamjonovga tegishli telekanallarda ham mavjud edi. Ammo ular haqida esa lom-mim deyilmadi.

Seriallardagi sahnalar muhokamasi prokuratura aralashish darajasigacha olib chiqilishda kinolardagi tarbiyasizliklarga chek qo`yish deb o`ylaymiz. Aslida esa asl maqsad boshqa bo`lishi ham mumkin. Asl maqsadni yurak yutib aytadigan bo`lsak, O`zbekiston media bozorida ham monopoliya o`rnatish uchun harakatlar boshlandi. Oldindan ogohlantirish sifatida shuni aytish joizki, OAV uchun bu yaxshi yangilik emas.

Bugun O`zbekiston mediasida katta kurash boshlangan. Bu kurash media bozordagi yakkahokimlik taqdirini hal qiladi.

Tarixdan ma`lumki, Komil Allamjonov boshlagan har bir ishini monopoliyaga aylantirish qobiliyatiga ega. U monopoliyani juda xush ko`radigan shaxsdir. Misol uchun haydovchilikka o`qitishning Allamjonovcha tizimi – “Avtotest”ni olaylik. Bu tizim Allamjonov siyosat sahnasidan tushirilguncha faoliyat yuritdi. Ayni kunlarda iqtidorga qaytishi bilan avtohalokatlarda halok bo`layotgan odamlar soni yo`l qoidasiga amal qilmaslikda deya bong urilmoqda. Bir zamonlar u yuritgan “Soliq-info” gazetasi ham soliq to`lovchi yuz minglab odamlarning majburiy obunasi orqali kattagina daromad manbaiga aylantirilganligini yashirishning imkoni yo`q.

U Prezident matbuot kotibi lavozimiga ko`tarilgach hukumatdagi axborotlarni ham monopollashtirishga kirishdi. Hattoki Prezident atrofidagi yangilik va xabarlarni ham o`zi tashkil etgan “Turon24” internet nashri orqali tarqatilishini tashkillashtirdi. Hattoki, hukumatning rasmiy sayti – O`zbekiston Milliy axborot agentligini ham chetlashtirishga erishdi.

Komil Allamjonov qo`l urgan har bir sohasini monopoliyaga aylantirishda har qanday xatarli qadamni ham tashlashdan cho`chimaydi. Uning ayni shu dovyuraklik xislatiga tan bermasdan ilojimiz yo`q.

Bugun esa u tanlagan monopoliya yo`lidan Firdavs Abduxoliqov chiqib turibdi.

K.Allamjonov tashlayotgan ildam va shaxdam qadamlariga qaraganda F.Abduxoliqovga juda og`ir bo`ladiganga o`xshaydi.

Ayni kunda O`zbekiston media makonida ikkita media lider paydo bo`lganligi barchaga ayon. F.Abduxoliqov boshqarayotgan O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosasiyasi (O`zEOAVMA) o`tgan 2021 yilda media makonda kattagina hududni qamrab olishga erishdi. O`zEOAVMA bilan axborot tarqatish bo`yicha hamkorlik qilishni istagan tashkilotlar soni kundan-kunga ko`payib bormoqda. “O`zbekneftgaz” kabi yirik tashkilotlar ham O`zEOAVMA bilan shartnoma tuzgan. Bu pullar esa Allamjonovga tinchlik bermayotgan bo`lsa ajab emas.

Seriallar mojarosining ortida K.Allamjonov turibdi deyishimizga yana bir asos shuki, Allamjonov o`zining telegram kanalida F.Abduxoliqov shaxsiga nisbatan o`ziga xos bir post qo`ygan.

Bu post uning Abduxoliqovga qarshi tezkorlikda hujum boshlaganini anglatadi. Men Allamjonovnin ana shu xislatlarini hurmat qilaman. U kimgadir aytadigan yoqimsiz so`zi bo`lsa ham darhol yuziga shartta aytadi, qo`yadi. Qog`ozga o`rab o`tirmaydi.

F.Abduxoliqovga qarshi hujumlar shu darajada shiddat bilan ketmoqdaki, xatto o`tmishi ham titkilanib, uning Gulnora Karimova yonida tushgan rasmlari ijtimoiy tarmoqlar orqali qayta elga dasturxon qilinmoqda.

Yana bir shubhali fakt shuki, Allamjonovga tegishli bo`lmagan “ZO’R” telekanalidagi “Yor-yor” ko`rsatuviga chora ko`rish masalasi ham maxsus odamlar orqali Prezident oldiga ham olib chiqildi. Xuddiki, Prezidentga aytiladigan boshqa muammo qurib ketganday...

“ZO’R” telekanali Jahongir Ortiqxo`jaevga tegishli ekanligini inobatga oladigan bo`lsak, Allamjonov media bozorda birgina telekanaliga ega Toshkent hokimini ham sig`ishtirmasligi ayon bo`ladi.

Yana shuni alohida ta`kidlash kerakki, F.Abduxoliqovga kelganda o`lik qonunlar ham ishlab ketgan ko`rinadi. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi qisqa fursat ichida Kinematografiya agentligi tomonidan qonun buzilishi holatlarini aniqladi va chora ko`rish uchun hujjatlarni Bosh prokuraturaga yubordi. Xuddi shunday hodisa ya`ni manfaatlar to`qnashuvi Xorazm viloyati hokim o`rinbosari bilan sodir bo`lganda prokuratura tomonidan chora ko`rilmagan edi. Qolaversa, davlat xaridlari, subsidiya va tender o`tkazishda manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`yilishiga Abduxoliqov yagona misol emas. Shu vaqtgacha bu borada ommaviy axborot vositalarida o`nlab maqolalar e`lon qilingan.

P.S. Ushbu fikrlar bilan kimnidir qoralash yoki kiningdir yonini olish niyatidan yiroqmiz. Biz ayni kunda trendda turgan mavzuning asl mohiyatini va maqsadini ochiqlashga harakat qildik, xolos.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
41
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
30.01.2022 08:16
Яхши тахлил булибди
30.01.2022 00:57
“Солиқ-инфо” газетасига мажбурий обунани қайта кўриб чиқиш керак, унинг таннархини аниқлаб, ортиқча олинган пул маблағларини солиқ тўловчиларга қайтариш керак. Агар таннарх ва олинган даромадларни аниқланса бу катта фарқни келтириб чиқаришига шубҳа йўқ. Биргина мисол, ўша вақтда чиқарилган бошқа ижтимоий-сиёсий газеталарга нисбатан обуна нархи камида 3-4 баробар қиммат бўлган. Ваҳоланки, бошқ газета нашрлари томонидан мақолалар учун муаллифга қалам ҳақи тўлангани, газеталарнинг ҳажми (вароғи) ҳам кўп бўлгани, солиқ инфога эса мақолалар ва солиқ тушунтиришлари асосан ДСҚ ва бошқа қуйи солиқ органлиридан бепул асосда берилгани инобага олинса, унинг таннархида моддий харажатлардан бошқа харажатлар деярли нолга тенг. Бечора солиқчилардан сўрасангиз дарҳол айтади, қанчалик обуна қилиш қийин бўлганлигини.
30.01.2022 00:41
“Солиқ-инфо” газетаси бўҳам солиқ тўловчи юз минглаб одамларнинг мажбурий обунаси орқали каттагина даромад манбаига айлантирилганини яширишнинг имкони йўқ
29.01.2022 15:22
Komil Allamjonovga bo'lgan g'arazingiz bilinib qolibdi postda O'zbek millatiga mansub odamlardan bironta yursa yuribdida O'zbek media bozorida
28.01.2022 17:57
Xamma narsani oxiri bor hattoki dunyoni ham sevimli kanalga gap yo'q
28.01.2022 06:46
Rost24 xolis yondashuv.
28.01.2022 04:03
Койил гап йук! Мана тахлил, мана аналитика.
28.01.2022 04:02
К.Алламжонов тугии ва энг огрикли муаммолар кутариб чикиши халк олкишида турибди,Узбекистонда айрим оилавий коорупционерларга зарба берилмаса баттар авж олаверади,бу актуал тема,хозирда -"ойнаи жахонни"-куриш ва эшитириш оила даврасида салбий холат юзага келишни олдини олиш ута зарур муаммо эканлиги ва халкни эьтирозини кисман бажариш иухим вазифадур.
28.01.2022 03:49
Янада чуқурроқ кириш керак эди мавзуга, менимча…
28.01.2022 03:39
Вай энасини...
28.01.2022 02:57
Қойил, Анора!
28.01.2022 01:56
Яшанг! Мутлақо ҳақиқат!!!