“Biznesni rivojlantirish banki” hududlarda “Ochiq eshiklar kuni” o`tkazmoqda

05.12.2025 09:15

“9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish” kuni munosabati bilan o`tkazilayotgan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan Samarqand va Nurafshon shaharlarida “Ochiq eshiklar kuni” o`tkazildi. 

Bank mas`ullari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va prokuratura xodimlari, mijozlar, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirlarda korrupsiyaning oldini olish borasida ko`rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma`lumot berildi. 


Xususan, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga jazo muqarrarligi,  respublika bank tizimida korrupsiyaga oid uchrayotgan salbiy holatlar haqida aytib o`tildi. 


"Ochiq eshiklar kuni" tadbirlarida “Biznesni rivojlantirish banki”ning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi tashqi auditdan o`tkazilgani va ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiq deb topilgani ma`lum qilindi. 


Shuningdek, bankning 24/7 rejimda faoliyat yuritayotgan mavjud aloqa kanallari orqali korrupsiya va manfaatlar to`qnashuvi bo`yicha xabar berish tartibi haqida taqdimot o`tkazildi. 
So`zga chiqqanlar raqamli xizmatlarning tatbiq etilishi natijasida bankda inson omili va korrupsiya xavfi darajasi kamayib borayotganini ta`kidlashdi. 


Masalan, bugungi kunda kredit berish avtomatlashtirilgan anderrayting tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Ko`plab xizmatlar mobil ilova orqali onlayn tarzda yo`lga qo`yilgan. Xarid jarayonlari to`liq raqamlashtirildi. Kontragentlarni qo`shimcha manbalardan o`rganish tizimi ham joriy qilingan. 
Bundan tashqari, manfaatlar to`qnashuvi “Complaens control” tizimi orqali monitoring qilib boriladi. Mijozlarni firibgarlik xatarlaridan saqlash maqsadida “Antifrod” tizimi tatbiq etilgan. 


“Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari Aksilkorrupsiya oyligi doirasida respublikaning boshqa hududlarida ham o`tkazilishi rejalashtirilgan. 
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар