Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar sovuq xonalarda qolgani aytilmoqda, mutasaddilar buni rad etdi

25.01.2022 19:45

Bizga murojaat qilishlaricha, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida ayni daqiqalarda energiya yo`qligi sababli issiqlik ta`minoti izdan chiqqan. Suv va issiqlik yo`q, xonalar sovuq. Bemorlar qalin kiyimlar va ko`rpalarda o`ranib o`tirishiga to`g`ri kelmoqda.

Biz Sog`liqni saqlash vazirligi tizimidagi mutasaddilar bilan bog`lanib, bunga oydinlik kiritdik. Rost24.uz ga mutasaddilar javob berishdi:

— Vaziyat yuzasidan shuni ma`lum qilamizki, hozirda yurtimizdagi barcha tibbiyot muassasalarida, xususan, ulardagi reanimasiya bo`limlarida, tug`uruq komplekslarida va koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalarda elektr ta`minotida uzilishlarning oldini olishga qaratilgan zarur choralar ko`rilmoqda.

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida elektr uzluksizligini ta`minlash maqsadida  dizel generatorlari ishlab turibdi.

Shu sababli muassasaning reanimasiya va tug`uruq bo`limlari uchun maxsus UPS va dizel elektr manbai o`rnatilgan bo`lib, shifoxonaning elektr ta`minoti uchun 24 soat navbatchilik tashkil etilgan.

Bundan tashqari, butun kasalxona bo`ylab har bitta bo`limga UPS qurilmalari o`rnatilgan.

Bu hududda qachon energiya va suv ta`minoti tiklanishini bilish uchun Energetika vazirligi axborot xizmatiga qilgan qo`ng`iroqlarimiz besamar ketdi, ular shunchaki telefonni ko`tarishmadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
27.01.2022 01:28
Achinarli holat Koʻpga kegan toʻy nimayam qilardik