Yana bir amaldor prezident moratoriysiga qarshi bordi

24.01.2022 16:22

Qarshi davlat universitetida noqonuniy kesilgan daraxtlar uchun sobiq vazirdan ham tushuntirish xati olindimi?

Hozirda Dilmurod Nabiev rektorlik qilayotgan QarDU ma`muriyati Ekologiya qo`mitasining rad javoblariga qasdma-qasd sog`lom daraxtlarni kesib tashladi.

Qarshi davlat universitetida ko`plab daraxtlar noqonuniy ravishda kesib tashlangani (https://t.me/ekologuz/7735) yuzasidan Davlat ekologiya qo`mitasi rasmiy bayonot berdi.
 

Qo`mitaga ko`ra (https://t.me/ecogovuz/27252), o`rganishlar davomida Qarshi davlat universiteti tomonidan Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali davlat o`rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni kesish uchun uch marotaba murojaat qilingan.
O`z navbatida Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan mazkur murojaatlarga rad javobi berilgan.

Shundan so`ng, boshqarmaning rad javobiga qaramasdan, jami 38 tup daraxtlar kesib tashlangan. Daraxtlar kesilishiga uning o`rniga archalar ekilishi sabab qilib ko`rsatilgan, Ekologiya qo`mitasi mazkur daraxtlar sog`lom bo`lganini ta`kidlagan.

Mazkur qonunbuzarlik holati bo`yicha o`simlik dunyosiga 267 543 000 so`m miqdorida zarar etkazilgani aytilmoqda.
Ekologiya qo`mitasi “huquqbuzarlikka aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olinganini”  va ishga oid materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilganini xabar qilgan, ammo huquqbuzarlikka kimlar aloqador ekanligi, bu yuzasidan kimlar javobgarlikka tortilishi mumkinligi va boshqalar haqida hech qanday ma`lumot berilmagan.

Ma`lumot uchun, hozirda Qarshi davlat universiteti rektori bo`lib ishlayotgan Dilmurod Xamidullaevich Nabiev 2021 yilda O`zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimidan ozod etilgan, biroz muddat o`tib mazkur universitetga rektor sifatida tayinlangan edi.

Bundan oldin, Andijon viloyati perinatal markazida 12 tup daraxt kesib tashlangani haqida xabar chiqqan edi. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
26.01.2022 14:31
Маҳаллий амалдорлар Президентдан юқори туришади, масалан "Ҳоким бобо"