O`zbekistonning eng faol jurnalistlari va blogerlari tomonidan o`tkazilgan “YIL TANLOVI — 2021”da “O`zbekistonda YIL ODAMI” aniqlandi.
Unda O`zbekiston terma jamoasi a`zosi, Italiyaning “Roma” klubida to`p surayotgan o`zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov “YIL ODAMI” deya e`tirof etildi.
O`tgan 2021 yilda Eldor Shomurodov, degan nom chin ma`noda dunyoga taraldi. Evropa maydonlarida, katta jamoada to`p surayotgan yurtdoshimiz o`zbek, O`zbekiston nomini jahonga tanitishga munosib hissa qo`shdi.
Kecha O`zbekistonda Eldor Shomurodov yil odami sifatida e`tirof etilayotgan bir paytda u Italiya kubogida “Lechche” jamoasiga qarshi gol ham urdi.
Tantanali marosimda sovrinni Oliy Majlis deputati, 2020 yilda “YIL ODAMI” nomiga munosib ko`rilgan deputat Rasul Kusherboev topshirdi hamda Eldor Shomurodovning akasi Sanjar Shomurodov mukofotni qabul qilib oldi.
Marosimda onlayn tarzda futbolchimiz Italiyadan O`zbekiston jurnalistlari va blogerlariga, halqimizga minnatdorlik yo`lladi.
Eslatib o`tamiz, Eldor Shomurodov 1995 yilning 29 iyunida Surxondaryoning Jarqo`rg`on tumanida tug`ilgan. Futboldagi ilk saboqlarini “Mash`al” akademiyasidan olgan.
Professional karerasini ham shu klubdan (2014 yil) boshlagan. Keyinchalik “Bunyodkor” (2015-2017), “Rostov” (2017-2020) va “Jenoa” (2020-2021) jamoalarida to`p surgan.