Aziz Abduhakimov: Rost24.uz o`zbek jurnalistikasiga o`ziga xos uslubi bilan kirib keldi

22.01.2022 14:28

Bosh vazir o`rinbosari o`zi tanqid qilingan saytni e`tirof etdi

Bosh vazir o`rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov "Yil tanlovi – 2021" va Rost24.uz sayti haqida fikrlarini aytib o`tdi:

“Ta`kidlash joizki, Rost24.uz tahririyati o`zbek jurnalistikasiga o`ziga xos uslubi bilan kirib keldi va qisqa muddatda o`z o`quvchilarini topib ulgurdi. Aslida rost gapirish, haqiqatga tik ko`z bilan qarash oson emas. Biroq, Rost24.uz tahririyati mamlakatimizda bo`layotgan voqea-hodisalarga teran nigoh bilan qarab, o`zining xolisona fikrlari va qarashlari bilan o`quvchilar mehrini qozonishga muvaffaq bo`ldi.

Rost24.uz sayti tomonidan O`zbekistonning eng faol jurnalistlari va blogerlari e`tirofi asosida ta`sis etilgan “Yil tanlovi-2021” an`anaviy taqdirlash marosimida Turizm va sport vazirligi “Eng namunali vazirlik” nominasiyasida 2-o`ringa munosib ko`rildi.

Bu e`tirof vazirligimiz uchun yuksak sharaf bo`lish barobarida zimmamizga katta mas`uliyat ham yuklaydi. Biz ushbu e`tirofga munosib bo`lish, mamlakatimizda turizm va sport sohalari rivojini yangi bosqichga olib chiqish, O`zbekistonning xalqaro imijini oshirish yo`lida yanada ko`p mehnat qilishimiz talab etiladi.

Ta`kidlash joizki, Rost24.uz tahririyati o`zbek jurnalistikasiga o`ziga xos uslubi bilan kirib keldi va qisqa muddatda o`z o`quvchilarini topib ulgurdi. Aslida rost gapirish, haqiqatga tik ko`z bilan qarash oson emas. Biroq, Rost24.uz tahririyati mamlakatimizda bo`layotgan voqea-hodisalarga teran nigoh bilan qarab, o`zining xolisona fikrlari va qarashlari bilan o`quvchilar mehrini qozonishga muvaffaq bo`ldi.

To`g`ri, tahririyat jamoasi o`z sahifalari orqali ba`zan turizm va sport sohalaridagi kamchiliklarni tanqid qildi. Biroq, bularning zamirida yangi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shaxsan muhtaram yurtboshimiz boshchiligida so`z erkinligini ta`minlash, jurnalistikani chinakam to`rtinchi hokimiyatga aylantirish yo`lidagi sa`y-harakatlar yotibdi, desak mubolag`a bo`lmaydi.

“Tanqid – kelajak mevasi” deyishadi. Rost24.uz sayti jamoasining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga “labbay” deya javob berib, barcha sohalardagi yutuqlarni e`tirof etish barobarida yuz berayotgan kamchiliklarni ham xolisona yoritayotganligi jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Shu ma`noda Rost24.uz tahririyatining xizmatlarini qadrlaymiz.

Umid qilamizki, Rost24.uz tahririyati kelgusida ham o`z sahifalari orqali mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni xolisona yoritish orqali jamiyatimiz rivojiga o`zining munosib ulushini qo`shadi. Bu yo`lda ularga kuch-quvvat tilaymiz.

Marosimning barcha g`oliblarini samimiy qutlab, yuksak e`tirof uchun o`z minnatdorligimizni bildiramiz!", dedi Aziz Abduhakimov. 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар