2021 yil yanvar oyida Asaka mashina zavodi faolyatini vaqtincha to`xtatadi

23.12.2020 13:48

UzAuto mijozlar tomonidan bildirilgan fikrlar va mulohazalar bilan ishlashni davom ettirmoqda, hamda ijobiy tomonga o`zgarishlar qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Shu bois kelgusi yaqin yillarda DjiEm tizimidagi eng yuqori BIQ NEXT sifat darajasini olish maqsad qilib olindi.

Shuni ta`kidlash kerakki, sifat standartlariga bo`lgan talabning oshishi barcha Chevrolet modellariga bevosita ta`sir qiladi, shu sababli ishlab chiqarishda barcha zarur modernizasiya jarayonlarini amalga oshirish maqsadida 2021 yil yanvar oyida Asaka zavodi faolyatini vaqtincha to`xtatish rejalashtirilgan.

Shu bilan bir vaqtda, respublikamizning barcha hududlaridagi Shevrole dilerlik tarmog`i yangi standartlarga o`tkaziladi. Bundan avval dilerlik tarmog`ini Chevrolet brendiga o`tkazish ishlari eksport bozorlarida boshlangan edi.  

Yangi standartlarga javob bermaydigan dilerlarning dilerlik shartnomalari bekor qilinadi. O`z navbatida, UzAuto Motors yangi xalqaro GM standartlari asosida ishlashga, shuningdek, mijozlar e`tiborini jalb qilish tamoyillariga muvofiq ishlashga tayyor dilerlarni hamkorlikka taklif qiladi.

 


 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
02.01.2021 15:11
Ассалому алайкум яхшимисиз мен якинда нексия 3 олгандим дефект бор экан каерга мурожат килишим керак
02.01.2021 15:10
Энди качон иш бошлайсизлар машина ёздирсак буладими
02.01.2021 15:07
Ассалому алайкум яхшимисиз мен якинда нексия 3 олгандим дефект бор экан каерга мурожат килишим керак
25.12.2020 22:58
Яшасин шунга яраша нархини Яна оширсин.