Rasmiylarga savol: Fuqarolarga hokimlarini saylash huquqi beriladimi?

18.01.2022 10:40

Ushbu huquq berilmasa, qanday qilib «xalq hokimiyati» qog`ozda emas amalda joriy etiladi?

Rost24.uz jurnalisti ushbu savollar bilan mutasaddiga yuzlandi.

Yangi O`zbekistonning 2022–2026 yillarga mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasida bosh maqsad sifatida xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish belgilab berilgan. Ammo, O`zbekistonda shu vaqtgacha hokimlarni saylash amaliyoti bo`lgan emas. Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlarining esa ko`p hollarda hokimiyat vakillariga so`zi o`tmay qoladi. Shunday ekan, qachon fuqarolarga hokimlarni saylash huquqi beriladi? Agar bu huquq berilmasa, taraqqiyot strategiyasining asosiy shiorlaridan biri shiorligicha qolib ketmaydimi?

Matbuot anjumanida Rost24.uz jurnalisti shunday savol bilan mutasaddilarga yuzlandi:

Umid Shodiev Adliya vazirligi inson huquqlarini himoya qilish boshqarma boshlig`i o`rinbosari ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

“Bu masalada bundan oldin ham ko`p muhokamalar bo`lib o`tgan. Ya`ni boshqa yig`ilishlarda ham shu masala ko`tarilgan. Deputatlarimizni tuman, shahar va viloyat hokimlarini saylash masalasi. Bu masala qonunchilik bo`yicha o`rganib chiqiladi. Agar takliflar bo`lsa, marhamat shu bo`yicha takliflar berilishi mumkin. Bundan oldin aytib o`tdingiz, hokimliklar tomonidan deputatlar so`roviga javob bermayapti, nazarga olmayapti degan tarafdan. Har bir holat bo`yicha o`z huquq va javobgarliklari bor. Agar deputatlar so`roviga javob bermayotgan bo`lsa, bunga ma`muriy javobgarlik bor. Bu holda deputat o`zi to`g`ridan-to`g`ri sudga murojaat qilishi mumkin. Hamma dalillarni yig`ib, uning huquqlari buzilgan bo`lsa, ma`muriy javobgarlik bo`yicha ko`rib chiqiladi», deya javob berdi U.Shodiev.

Rost24.uz jurnalisti esa, bu vaziyatda tuman emas, shahar va viloyat hokimlarini saylashni nazarda tutganini yana bir bor qaytarib, «Shahar va viloyat hokimlarini vakolati katta, lekin ularni xalq saylay olmayapti?» deya savolni qayta ta`kidladi.

Umid Shodiev bunga quyidagicha fikr bildirdi: 

«Bu bir siyosiy jarayon. Vaqti kelib bu masala ham ko`riladi. Bu boshqaruv tizimi bilan bog`liq masala. Qonunchilikni ko`ramiz, bu birgina Adliya vazirligi hal qiladigan vaziyat emas. Bu davlat boshqaruvi, saylov bilan bog`liq masala. Butun tizimni o`rganib chiqib kiritilishi mumkin. O`rganib chiqamiz, takliflaringizni bering, arzirli bo`lsa albatta o`zgaradi», deya so`zini yakunladi mutasaddi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
19.01.2022 02:03
Адлия ходими тугрисини айтяпти. Унинг, уларнинг кулидамас хаммаси. Бунга юкоридан команда булмаса, хеч нарса узгармайдику, шуниям тушунмайсизми?....