Rost24.uz axborot sayti yangi, 2022 yilda ham Prezident amalda ochib bergan ochiqlik siyosati tamoyillari asosida xalq bilishi kerak bo`lgan ma`lumotlarni jamoatchilikka etkazishda davom etadi. Shuningdek, haqiqiy jurnalistikaning asl vazifasiga sodiq qolgan holda yangi loyihalar ustida ishlamoqda.
Dastlab, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va uning tarkibi, tizimning vazifalari va faoliyati, kimlar ishlashi haqidagi ochiq ma`lumotlardagi axborot bilan tanishing:
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasini tashkil etish to`g`risida"gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatini axborot-tahliliy va tashkiliy-nazorat jihatdan ta`minlashni amalga oshiruvchi davlat organidir.
Prezident Adminstarsiyasining ijro etuvchi apparati tarkibida 4 ta lavozim mavjud va unda 4 kishi faoliyat yuritadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari esa 10 ta.
Quyida 4 ta lavozimdagi amaldorlarning to`liq lavozim va ma`lumotlari:
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari – Nizomiddinov Zaynilobiddin Shaxobbidinovich;
2. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining birinchi o`rinbosari - Magrupov Aziz Yuldashevich;
3. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari – Paygamov Alisherbek Azizovich;
4. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi - Asadov Sherzod Ikromovich.
Undan tashqari Prezident administrasiyasi huzurida 3 ta alohida tashkilot ham mavjud.
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi;
2. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi;
3. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi.
Administrasiyaning asosiy vazifalari:
🔺O`zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitusiyaviy vakolatlari, shu jumladan davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini va hamkorligini taminlash bo`yicha vakolatlari amalga oshirilishiga ko`maklashish;
🔺mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi holati va tendensiyalarini tahlil qilish, amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taminlash;
🔺mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquq va erkinliklari, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga rioya etilishini taminlashga ko`maklashish, huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish;
🔺davlat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlarini shakllantirish, suverenitetni muhofaza qilish, O`zbekiston Respublikasining xavfsizligi va hududiy yaxlitligini taminlash bo`yicha takliflar ishlab chiqish;
🔺aholi bilan ochiq va to`g`ridan to`g`ri muloqotni tashkil etish hamda xalq farovonligini yuksaltirish, jismoniy va yuridik shaxslarning O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilish huquqi ro`yobga chiqarilishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
🔺fuqarolik jamiyati institutlari bilan ularning demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan samarali o`zaro hamkorlikni taminlash;
🔺kadrlarga oid yagona davlat siyosatini amalga oshirish va davlat xizmati ishlarining davlat tomonidan boshqarilishini taminlash;
🔺O`zbekiston Respublikasi qonunlari va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarining ijrosini tashkil etish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish va ko`maklashish;
🔺O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tuzilmalar, shuningdek, uning vakolatlari amalga oshirilishiga ko`maklashadigan maslahat va kengash organlari faoliyatini tashkil etish;
🔺O`zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatini huquqiy, tashkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan taminlash.
Eslatib o`tamiz, saytimizda yangi formada ish boshlagan Prezidentining rasmiy veb-sayti – president.uz hamda yangi saytda “Prezident Administrasiyasi” degan alohida bo`lim ochilgani haqidagi "Yangicha sayt va yangi ochiq yondashuv..." maqolasi ham e`lon qilgan edik.
Saytimizni kuzatib boring. Navbatdagi tanishtiruv Prezidentning davlat maslahatchilari haqida bo`ladi.