"YIL TANLOVI"da kimlar g`olib bo`lishini istaysiz? Kun.uz jurnalistlari e`tirofi

16.01.2022 12:02

Kun.uz jurnalisti Abbos Salaydinov "Yil tanlovi - 2021"da "Eng yaxshi vazirlik", "Yil davomida yaxshi ishlamagan vazirlik", "Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti" va "Yil odami" uchun kimlar loyiqligi haqida batafsil ma`lumot berdi.

1. 2021 yilning " Eng yaxshi vazirligi" — Adliya vazirligi.

"Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan ishlayman. Bularning ichida bittasi vazirlik va buni men eng yaxshi vazirlik deb aytolaman. OAVga ochiq va faol. Shu jihatdan Adliya vazirligi deb bemalol ayta olaman".

2. 2021 yilda yaxshi ishlamagan vazirlik – ushbu savolga jurnalist javob bermadi. "Men ishlagan vazirliklar bo`yicha muammo bo`lmagan, boshqa vazirliklar ro`yxatiga bir qarab chiqish kerak ekan", deb aytib o`tdi.

3. 2021 yilning "Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti" – Sud tizimi(Oliy sud, viloyat sudlari), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura. "Bularga bergan savolimiz hech qachon ochiq qolmaydi", deb ta`kidlab o`tdi Abbos Salaydinov.

4. 2021 yil "Yil odami" - Eldor Shomurodov va Ruslanbek Davletov

"Qaysi mezonga qarab tanlashga bog`liq bu. Bir nechta mezonga qarab baholaydigan bo`lsak, birinchisiga O`zbekiston nomini tanitish bo`lsa Eldor Shomurodovni ko`rsataman. Ikkinchisiga O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan insonga keladigan bo`lsak, Ruslanbek Davletovni ko`rsata olaman. Chunki bu insonga nisbatan jamoatchilikda yaxshi fikrlar shakllangan. Bu fikrga yarasha sohada juda ko`p ishlar amalga oshirildi. Sohadagi ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik bo`yicha ko`p tashkilotlarga namuna bo`loladi. Matbuot xizmati ham yaxshi. To`g`ri, bu maqtashga o`xshab qolyapti, lekin barcha fikrimni asoslab bera olaman. Bu maqtov emas", deya fikrini yakunladi jurnalist.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonning eng faol jurnalistlari va blogerlari tomonidan “YIL TANLOVI — 2021” da yil davomida eng munosib ishlagan davlat va jamaot tashkilotlari, rahbarlar, faollar saralandi. Joriy yilning 21 yanvar kuni katta tantanali marosimda g`oliblar e`lon qilinadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар