Uning bo`yniga 7 ta modda bilan ayblov "ilishdi"
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Inson qadri uchun" nomli videomurojaatda Namangan shahar Sumalakguzar MFY katta leytenanti Sardor Otaboev Ichki ishlar tizimida avj olayotgan "planvozlik"lar, sohadagi kamchiliklar hamda byurokratik holatlar haqida ma`lumot bergan edi.
"Rahbardan shaxsiy haq-huquqingizni talab qilsangiz ig`vogar bo`lasiz, xizmatini qilsangiz "u" bo`lasiz, biron gapni etkazsangiz "kozyol" bo`lasiz, biz bu tizimga tushunmayapmiz. Bir kelib Namangandagi IIBni tekshirib ketsangiz", deya Ichki ishlar vaziriga murojaat qilinadi videomurojaatda.
IIV bu holatga tezkorlik bilan javob qaytarib murojaatchi Sardor Otaboevning "xavfli residivist, o`z xizmat burchidan foydalanib firibgarlik sodir etgani"ni aniqladi va unga ko`ra JK 168-modda, 3-qism "b", "v" bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berishdi.
Natijada Sardor Otaboev ishdan bo`shatilgan va qamoqqa olingan.
So`nggi ma`lumotlarga qaraganda sobiq katta leytenant Otaboev jami 7 ta modda bilan ayblangan.
Jinoyat kodeksining:
Sardordek Otaboev bunday ayblov xulosasi bilan tanish emasligi sababli sud 24 yanvargacha tanaffus e`lon qildi.
Ungacha ayblanuvchi yana qamoqda saqlanadi.
Bayramingiz muborak bo`lsin, aziz Vatan himoyachilari!