"Tolibon hukumatining tahdidlari faqat Tojikistonga qaratilgan"

13.01.2022 09:15

Nodavlat notijorat tashkiloti Tolibon hukumatining Tojikiston va O`zbekistonga qilgan tahdidlari bo`yicha munosabat bildirdi, unga ko`ra, bu tahdidlar Tojikistonga qaratilgan

Markaz Tolibon hukumatining Mudofaa vaziri mulla Muhammad Yoqub tomonidan qilingan tahdidlarga sobiq sovet hukumati va amerikaliklarga qarshi janglarda yo`lboshchilik qilgan Jaloliddin Haqqoniyning o`g`li Anas Haqqoniyning izoh berganini ma`lum qilgan.

Mintaqaviy tahdidlarni o`rganish markaziga ko`ra, Muhammad Yoqubning tahdidi Qozog`istondagi vaziyat asnosida KXShTga a`zo davlatlaridan biriga, ya`ni Tojikistonga yo`naltirilgan.

Bu tahdid Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning shimoliy Afg`oniston haqidagi fikrlarini e`lon qilganidan bir kun o`tib aytilgan. Imomali Rahmon shimoliy Afg`onistonda terroristlar tayyorlovchi 40 ta lager va 6 ming atrofida jangarilar mavjudligi va u tomondan bo`lishi mumkin bo`lgan tahdidlar haqida gapirgan edi.

Eslatib o`tamiz, avgust oyida Tolibon Mudofaa vazirligi afg`on qurolli kuchlari uchuvchilari tomonidan olib qochilgan barcha samolyot va vertolyotlarni qaytarishni rasmiy Dushanbe va Toshkentdan talab qilgan, aks holda, “boshqa choralarni” ko`rishga va`da berib, o`zbek va tojik rahbariyatini Qobuldagi tolibonlarning niyatlari jiddiyligini sinab ko`rmasligini tavsiya qilgan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
14.01.2022 14:55
Эшак семирса эгасини тепар экан