Ta`lim tizimidagi ta`til – qaror kutilmaganda qabul qilindimi?

11.01.2022 17:00

Mas`ullar ta`tillarning uzaytirilishi sababini OAV jurnalistlariga aniq ayta olmadi.

AOKAda mamlakatda aniqlangan "Omicron" shtammi va tizimdagi boshqa masalalar yuzasidan matbuot anjumani bo`ldi.

Unda esa Sog`liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutasaddilari hamda vazirlik qoshidagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zolari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi hamda Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa mas`ullar ishtirok etdi.

Ammo, matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga mutasaddilarning to`laqonli javobi qaytardi, deb bo`lmaydi. OAVning aniq savollariga bironta mas`ul aniq javob bermadi, boshqa so`z bilan aytganda, har biri turlicha javob qaytardi.

Masalan, maktablarda qishki ta`til muddatining uzaytirilishining asosiy sababi koronavirus, uning yangi shtammi "Omicron" emas, oddiy gripp ekanligi ma`lum bo`ldi.

Oliy ta`lim muassasalarida esa ta`tilning uzaytirilishi sababi gripp ham, koronavirus, "Omicron" ham emas. Oliy ta`lim vazirligi bosh boshqarma boshlig`i Abduvali Xoliqovning aytishicha, ta`til muddatining uzaytirilishiga o`qituvchi-professorlarning «Kredit-modul» tizimi bo`yicha malaka oshirishlari, tizimda birinchi semestr davomida yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish sabab bo`lib kasallikning esa bunga umuman daxli yo`q ekan.

Shuningdek, Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Vahobjon Rajabov davlat maktablarida ishlovchi o`qituvchilar ta`til davri uchun maoshlari to`liq to`lab berilishini aytgan. Ammo, Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi raisi o`rinbosari Hotamjon Ketmonov bu borada xususiy maktablar hech qanday imtiyozlarga ega emasligiga ishora qildi.

Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan xususiy maktablarga ham qishki ta`til muddatini 24 yanvarga qadar uzaytirish taklif etildi va bu vaqt davomida ota-onalardan ta`lim uchun to`lov undirmaslik tavsiya qilingani aytildi. Lekin, xususiy maktablar o`zini o`zi moliyalashtiradi. O`qituvchilar esa maosh olishlari kerak. Bu borada davlat tarafidan xususiy maktablar uchun qandaydir imtiyozlar beriladimi? Rost24.uz muxbiri mazkur savolni o`rtaga tashladi.

Unga ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi raisi o`rinbosari Hotamjon Ketmonov quyidagicha javob berdi:

«Bugungi holatdan kelib chiqqan holda nodavlat ta`lim tashkilotlari, o`rta ta`lim muassasalarida xususiy yo`nalish bo`lishidan qat`iy nazar aynan davlat standartlari asosida bevosita faoliyat yuritadi. Pandemiya, xavf-xatar holatlari e`lon qilingan vaqtda vakolatli organlar tomonidan qaror qabul qilinadi. Shundan kelib chiqqan holda bunga hamma e`tibor qilishi majbur hisoblanadi. Shu yo`nalish bo`yicha Vazirlar mahkamasining 10/28 qarori bor. Qarorda xususiy ta`lim muassasalarining ya`ni shartnomalarning nizomi ishlab chiqilgan. Shartnomada bevosita keyingi talablar qo`yilgan va o`sha ta`lim muassasalarida pedagog xodimlarda, shuningdek, keyingi masalalarda o`zlarining shartnomalarini qilishi kerak. Shartnomalarda bevosita talablar qo`yilgan. Aynan shu shartnomada «Fors-major» holatlari keltiriladi. Shu sababli biz xususiy maktablarda ham, davlat maktablarida ham o`qituvchilar bilan pul va oziq-ovqat masalasini kelishib olish haqida yana taklif kiritdik».


Shuningdek matbuot anjumanida, niqob, tadbirlarni tashkillashtirish, masalasiga ham aniqlik kiritilmadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
12.01.2022 01:44
Холталар!!!! Бир тийинга кимматсан хаммаларинг!