Nazarboevning kuyovi va qizlari Qozog`istondagi namoyishlardan keyin qancha zarar ko`rdi?

10.01.2022 14:51

Kim qancha yo`qotdi? Nazarboevlar oilasi Londonda qancha mulkka egalik qiladi? 

Forbes Qozog`istondagi voqealar ortidan mahalliy milliarderlar qancha zarar ko`rganligini ochiqladi.

Qozog`istonning eng mashhur bizneslari ortida turgan milliarderlarning boyligi so`nggi kunlarda mamlakatdagi namoyishlar ortidan tushib ketgan.

Mahalliy to`rt milliarder 4 yanvaridagidan ko`ra 3 milliard dollar yo`qotgan, bular qatorida sobiq prezidentning qizi va kuyovi ham bor.

Markaziy Osiyo bo`yicha ekspert va Buyuk Britaniyada joylashgan PRISM (Political Risk Management) tahlil bo`limi rahbari Benjamin Godvinning juma kuni bergan hisobotiga ko`ra, Nazarboevlar oilasi 5 yanvar kuni Qozog`istondan Moskvaga beshta shaxsiy samolyotda jo`nab ketgan. Qozog`istonni 1990 yildan 2019 yilgacha boshqargan Nazarboevni bundan keyin nima kutmoqda?

Godvinning so`zlariga ko`ra, u endi mamlakat ichida siyosiy kuch sifatida mavjud emas.

Qozog`istonning Londonda ro`yxatga olingan Kaspi bankning eng yirik aksiyadori va raisi milliarder Vyacheslav Kim 1,4 milliard dollar yo`qotdi. Kaspi aksiyalari narxi 6 yanvarda 118 dollardan 87 dollargacha tushib ketdi. Uning umumiy boyligi 5,7 milliard dollardan 4,2 milliard dollargacha pasaygan.

Qozog`istonda yashovchi, asli Gruziyalik, Kaspi kompaniyasining bosh direktori Mixail Lomtadzening boyligi 5,2 milliarddan 3,8 milliard dollarga tushib ketgan.

Nazarboevning qizi Dinara Quliboeva va uning turmush o`rtog`i Timur Quliboev Londonda ro`yxatga olingan Halyk bankidagi ulushlari qiymati 16 foizga tushib ketgani sababli jami 200 million dollar yo`qotgan. Juftlik ayni vaqtda 3,1 milliard dollarga teng bo`lgan boylikka egalik qiladi.

55 yoshli Timur Quliboyev Qozog`istonning tabiiy mineral sanoati sohasida yuqori martabaga ko`tarilgan. Avval, Samruk-Kazina Milliy farovonlik jamg`armasi raisi, keyinroq Rossiyaning energetika giganti Gazprom boshqaruviga o`tiradi. 1992 yilda Qozog`istonda xususiylashtirishning dastlabki kunlarida Quliboyev mamlakatning paydo bo`layotgan imkoniyatlaridan foydalanish uchun Alty Alma sarmoyaviy guruhini tuzdi. Uning guruhi keyinchalik Almex LLPga aylanadi.

Quliboev 2004 yilda u nazorat qilgan kompaniya Qozog`istonda faoliyat yurituvchi Kar-Telni VimpelComga 350 million dollarga, 2014 yilda Altynalmas Goldni bir qismi rossiyalik milliarder Aleksandr Nesisga tegishli bo`lgan Polimetalga naqd pul va kompaniya aksiyalari evaziga sotgan.

Yaqinda OpenDemocracy tomonidan Britaniyaning ko`chmas mulk dunyosidagi kleptokratik boylik haqidagi hisobotiga ko`ra, Nazarboevlar oilasi mamlakatda taxminan 450 million dollarlik hashamatli mulkka ega. Shuningdek, Buyuk Britaniyada joylashgan SourcMaterial tergov yangiliklari platformasi Nazarboevning qizi va uning o`g`li Sherlok Xolms qahramonining obrazli uyiga egalik qilishini aniqlagandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар