BUGUN DUNYoNING ENG YoSh DIKTATORI TUG`ILGAN KUNI

08.01.2022 22:27

Kim Chin In 1982 yil 8 yanvar kuni Pxenyanda Kim Chin – Il ( Kim Chin Ir ) oilasida tug`ilgan.

2009 yil Kim Chin – Il uni o`zining vorisi deb e`lon qilgan bo`lib, bir yildan so`ng Inga armiya generali unvoni beriladi. Kim Chin – Il vafotidan so`ng 2011 yilda KXDR prezidenti etib saylanadi. Shundan so`ng Marshal harbiy unvoni beriladi.

Kim Chin Inning tug`ilishi bilan bog`liq jumboqlar etarlicha. Janubiy Koreya ekspertlari 1983 yoki 1984 yilda tug`ilganligini aytishsa, shimolliklarga ko`ra rasmiy sana 1982 yil 8 yanvardir. Nima bo`lganda ham Kim Chin In eng yosh diktator hisoblanadi.

U otasining o`limidan so`ng hokimiyatni nafaqat ushlab qoldi, balki, xalqni o`z atrofida yanada jipslashtira oldi.

Otasidan farqli o`laroq u bir qancha ochiq siyosat yuritmoqda. 2018 yil AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chin In o`rtasida (AQSh va Shimoliy Koreya) birinchi marta o`zaro sammit (Singapurda) bo`lib o`tdi. Tramp Kimning aqlli va o`z vatanini sevishligi haqida fikr bildirgandi. Shuningdek, ikki etakchi o`rtasidagi ikkinchi uchrashuv 2019 yil Vetnam poytaxti Xanoy shahrida bo`lib o`tgan.

Kim 2019 yilning aprel oyida Rossiyaga tashrifi chog`ida Rossiya etakchisi bilan birinchi marta ko`rishgan. E`tiborli jihati Kim uchrashuv joyi sifatida Vladivostokni tanlagan. Bu Rossiyaning Shimoliy Koreya bilan chegaradosh viloyatidir.
 

Kim shaxsiga keladigan bo`lsak, u hamma uchun qiziq va yopiqdir. 1998 – 2000 yillarda Shvesariyaning Bern shahrida boshqa nom bilan tahsil olgan. Uning Bern maktabidagi sinfdoshlari KXDRning bo`lajak rahbari ochiqko`ngil va qizlar bilan muomala qilishda biroz uyatchanligini aytishadi. Shuningdek, u film tomosha qilishni yaxshi ko`rgan, sevimli aktyori Jan – Klod Van Dam. U NBA basketbol o`yinlarini soatlab ko`rgan va mashhur sportchilarning suratlarini xonasiga osib qo`ygan. 2013 yilda Dennis Rodman bilan uchrashgan.

Shu bilan birga Kim eng kuchli qo`riqlanadigan prezidentlardan biri. Shimoliy Koreya etakchisining Singapurga tashrifi chog`ida o`nlab qo`riqchilarning limuzinni yugurgan holda kuzatib borishini jamoatchilik qiziqish bilan kuzatgan.

Shimoliy Koreya etakchisining shaxsiy hayoti doim sir bo`lib kelganiga qaramay, rafiqasi Li Sol Chun jamoatchilikka ko`rinish bergan.
 

Haligacha xalqining "Buyuk Marshal"i bo`lib qolayotgan Kim hech bir davlat rahbari bilan etarlicha til topisha olmagan. Uning yadro quroli Kimning so`zlarini borgan sari o`tkirroq qilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар