The Diplomat: KXShTga murojaat Jomart Toqaevning so`nggi qichqirig`i
The Diplomat nashrining Qozog`istondagi jurnalisti Paolo Sorbello mamlakat ichidan turib kuzatgan voqealarini bayon qildi. U Qosim-Jomart Toqaevning chetdan yordam so`raganini zaiflik, deb sharhlagan.
Qozog`iston rahbariyati jamoat xavfsizligini tiklashga urinishlarda ichki yoriqlar borligini ko`rsatmoqda
KXShT qo`shinlari Olmaotada o`z amaliyotlarini boshlar ekan, prezident o`z vakolatlarini yo`qotayotganga o`xshaydi.
Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart To`qaev Kollektiv xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidan (ODKB) mamlakatning bir qancha shaharlarida davom etayotgan tartibsizliklarni “tinchlantirish”ga yordam berish uchun qo`shin kiritishni rasman so`radi.
G`arbiy Mang`istau viloyatida avtomobil yoqilg`isi narxidan norozilik tufayli 2 yanvar kuni boshlangan norozilik namoyishlari tezda yirik shaharlarga tarqalib, tuzumni o`zgartirish va adolatsizlikka chek qo`yish chaqiriqlariga aylanib ketdi.
4 yanvar kuni Qozog`istonning barcha yirik shaharlarida ko`chaga chiqqan olomonni polisiya kuchlari asta-sekin siqib chiqardi, ular olomonni tarqatish uchun shovqinli granatalar va ko`zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi. Qozog`iston mustaqilligining 30-yilida misli ko`rilmagan bir necha minglab odamlar tuzumga qarshi chaqiriqlar bilan chiqdi.
Biroq, ertasi kuni erta tongda avtomobillarni talon-toroj qilish va yoqib yuborishga ko`proq e`tibor qaratgan turli shaxslarning mavjudligi norozilik tabiatini o`zgartirdi, bu huquqni muhofaza qilish organlari o`rtasidagi to`g`ridan-to`g`ri shiddatli qarama-qarshilikka va tinch aholi o`rtasida yanada zo`ravonlikka aylandi. Etti soatlik internet o`chirilgan paytda mamlakatning eng yirik shahri Olmaotada to`qnashuvlar boshlandi. Rasmiylarning aytishicha, qarama-qarshilik natijasida "o`nlab odamlar yo`q qilingan", o`nga yaqin polisiyachi halok bo`ldi.
6 yanvar holatiga ko`ra, to`qnashuvlarning eng shiddatli uch kunida qurbon bo`lganlar sonini mustaqil ravishda aniqlashning iloji yo`q.
Inflyasiyani nazorat qilish va Vazirlar mahkamasidagi o`zgarishlar namoyishchilarni tinchita olmaganidan so`ng, Toqaev zo`ravonlikka yo`l qo`yilmasligini aytdi. Biroq, 4 yanvarga o`tar kechasi Toqaev o`zi qat`iy da`vo qilgan hokimiyatni qo`ldan boy berganga o`xshardi.
5 yanvar kuni to`qnashuvlar kuchayib, talonchilar shaharni buzib tashlagan bir paytda Toqaev avvaliga milliy xavfsizlik qo`mitasi xavfsizlik xizmati rahbari Karim Massimovni ishdan bo`shatganini e`lon qildi va keyin KXShT aralashuviga chaqirdi.
Massimov ham o`zining o`rinbosari Samat Abish (4 yanvarda ishdan bo`shatilgan) singari mamlakatni 29 yil 2019 yilgacha boshqargan va Toqaevni o`zining vorisi etib tanlagan sobiq prezident Nursulton Nazarboevning sodiq tarafdori hisoblanadi. 4 yanvar kuni televidenie orqali qilgan chiqishida Toqaev o`sha vaqtgacha Nazarboev boshqaruvida bo`lgan Milliy xavfsizlik kengashi rahbari lavozimini o`z zimmasiga olishini ma`lum qildi.
Qozog`iston milliy xavfsizlik qo`mitasi rahbariyatini o`zgartirish va shu bilan birga jamoat tartibini tiklash uchun tashqaridan yordam so`rash to`g`risidagi qaror ikki narsadan birini anglatishi mumkin. Yo Tokaev “ichkarini tozalayapti” va Nazarboevga sodiq bo`lganlardan xalos bo`lib, mamlakatni boshqarish uchun o`zining elita doirasini yaratishga harakat qilmoqda – bu harbiy va xavfsizlik elitasini o`z foydasiga qayta sozlashni ham talab qiladi. Yoki Tokaev qisman yoki to`liq Qozog`istonning o`z harbiylari ustidan nazoratni yo`qotdi va jamoat tartibini saqlash uchun moddiy jihatdan tashqi yordamga muhtoj.
Har qanday holatda ham KXShT aralashuviga chaqiriq tuzumning misli ko`rilmagan ichki zaifligini ko`rsatadi.
Agar Tokaev haqiqatan ham “Nazarboevdan voz kechish” jarayonini boshlagan bo`lsa, u xalq ustidan va ehtimol xavfsizlik apparatining ayrim qismlari ustidan obro`sini yo`qotib, o`z qonuniyligini qaerdan topadi degan savol tug`iladi. Agar u o`z elitasini qurish, jamoat tartibsizliklarini "tinchlantirish" uchun tashqi yordamga muhtoj bo`lib u yana nazoratni yo`qotsa, KXShT va tashkilot vakili bo`lgan mamlakatlarga tobe bo`lib qolishi mumkin.
Agar bu Toqaevning yordam so`rab so`nggi qichqirig`i bo`lgan bo`lsa, keyinchalik hokimiyat almashinuvini kutishimiz kerak. Xavfsizlik apparati, harbiylar va polisiya ustidan to`liq nazoratsiz Toqaev hokimiyatda qolish uchun har qanday sababni yo`qotgan bo`lishi mumkin.
Shu bilan birga noaniq siyosiy inqiroz davom etar ekan, maydonlarda mahalliy va xalqaro xavfsizlik kuchlari bilan tinch aholi o`rtasida haqiqiy to`qnashuvlar davom etmoqda. Minglab odamlar hibsga olindi, bundan ham ko`proq odam yaralangan, uch kunlik to`qnashuvda halok bo`lganlar noma`lum. Uylarida internetga kirish imkoni kam bo`lgan Qozoq fuqarolari zo`ravonliklarning barham topishini va hukumat ochiqroq muloqot o`tkazishga tayyorligini ma`qul ko`radi.
Sardor Poyonov tarjimasi