Senator Baxtiyor Sayfullaevning san`atshunos o`g`li Prezident adminstrasiyasida lavozimga ega bo`ldi

06.01.2022 10:40

YoXUD Sayfullaev Madaniyat vaziri bo`lgan davrda vazirlikda aniqlangan katta miqdordagi korrupsion holatlar natijasi nima bilan tugagan?

Baxtiyor Sayfullaev — Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi raisi, senator hisoblanadi. U 2017 yildan 2020 yilning yanvar oyigacha O`zbekiston madaniyat vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

B.Sayfullaev Madaniyat vaziri bo`lgan davrda vazirlikda katta miqdordagi korrupsion holatlar aniqlangan edi. Xususan, 2020 yilning noyabr oyida Bosh prokuraturada tashkil etilgan korrupsiya masalalariga oid idoralararo yig`ilishda Madaniyat vazirligidagi jinoiy sxema fosh qilinganini ma`lum qilgan. Bu jinoyat ishida grim uchun ajratilgan mablag`ga "O`rikzor"dan arzon kosmetika sotib olinib, byudjetdan 2,3 milliard so`m mablag` talon-toroj qilingani qayd etib o`tilgandi. Biroq jamoatchilikka ushbu milliard mablag`lar o`zlashtirgani yuzasidan ochilgan jinoyat ishining keyingi tafsilotlari ma`lum emas.

Yaqinda Rost24.uz saytida ushbu senator haqida, “Senatorlar endi o`ylab ish qilinishini ma`lum qildi”, “SENATORLARNING DOIMGI VA`DALARI: “ko`rib chiqilmoqda”, “joyiga chiqib o`rganamiz”, “maqsad qilganmiz”, “rejaga kiritamiz”…” nomli maqolalar e`lon qilingandi.

Jumladan, mazkur materiallarda xalqdan uzoq bo`lgan Senat vakillarining doimiy va`dalari haqida ularga savol berilgan va har galgidek odatiy javoblar olingani jamoatchilikka yoritib berilgan.

Bugun esa ana shu uzoq yillar davomida hukumatning asosiy mulozimlari qatoridan tushmay kelayotgan senator Baxtiyor Sayfullaevning Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidagi rektor vazifasida ishlab kelayotgan farzandi Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullaev rahbarlikning yana bir pag`onasiga ko`tarildi.

Nodirbek Baxtiyorovich O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi madaniyat va san`atni rivojlantirish sho``basi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Eslatma: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi madaniyat va san`atni rivojlantirish sho``basi mudiri lavozimiga tayinlangan Nodirbek Sayfullaev 1975 yil Toshkent shahrida tug`ilgan. 1996 yil Toshkent davlat Madaniyat institutini, 2005 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, san`atshunoslik fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati davomida “O`zbekteatr” birlashmasi boshqarma boshlig`i o`rinbosari, bosh direktori o`rinbosari vazifalarida ishlagan. Shuningdek, o`rindoshlik asosida O`zbekiston davlat san`at institutining San`atshunoslik kafedrasida pedagoglik faoliyatini olib borgan.

2014 yil martdan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bosh mutaxassis, 2016 yil oktyabrdan Madaniyat va san`at masalalari sho``basi mudiri lavozimlarida ishlagan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
06.01.2023 16:19
Ассалом Анора синглим боризга шукур, маълумотлар билан танишсам, оталари вазир, уларни болалари хам вазир, оталари прокурор, болалари хам прокурор,гап йук бизнинг тизимга, качон узгаради бу тизим, оддий халкни боласи илмли булса хам фойдаси йук. Киссадан хисса шуки, бизда коррупция йуколмайди, коррупцияционерларни фарзандлари оталари курсисини эгаллаяпти, куш инида курганини килади.