Husan Ermatov yilning eng intellektual blogeri deb Zafar Solijonovni tanladi. Nega?

05.01.2022 12:16

"Ishonch" gazetasi bosh muharriri Husan Ermatov "Yil tanlovi - 2021" bo`yicha o`z tanlovini aytib o`tdi.

Husan Ermatov javoblari:

1. 2021 yilning "Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti" – O`zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi.

"Shak-shubhasiz, bu "O`zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi" bo`ldi. O`zim shu erda ishlashimdan tashqari, bar bir kuzatib boraman. Kasaba uyushmalari federasiyasiga yaqinlashadigan, faollik nuqtai nazaridan, olib borgan ishlari nuqtai nazaridan bu federasiyaga yaqin tashkilotni ko`rmayapman", dedi jurnalist.

2. 2021 yilning "Eng namunali vazirligi" – Adliya vazirligi va Maktabgacha ta`lim vazirligi.

"Biz vazirliklarni matbuot xizmati ishi bilan baholaymiz. Ba`zi vazirliklar bor, "piar"ga e`tibor bermasligi mumkin. Lekin bari bir mening kuzatishlarimga ko`ra, Adliya vazirligi va Maktabgacha ta`lim vazirligini aytgan bo`lardim. Nima uchun? Adliya vazirligida menga ma`qul keladigani vazirimizning o`zi oddiy fuqaro bilan juda yaqin turgan vazir, rahbar hisoblanadi. Uning olib borayotgan ishlari bizga tushunarli. Ba`zida bir xil vazirlarimiz qilayotgan ishlarini tushunmay qolamiz, mantiq izlab qolamiz. Adliya vaziri qilayotgan ishlarida mantiq bor.

Ikkinchisi, Agrepina Shin to`g`risida gapirmoqchiman. Qanchalik tanqid qilmaylik, turli xil yondashuvlarga guvoh bo`lmaylik, lekin bu birinchidan yangi vazirlik. Yangi vazirlikni tagida juda ko`p muammolar bor. Lekin vazir juda halollik bilan ish olib bormoqda. Men bu opani avvaldan yaxshi taniyman. Halol rahbar sifatida bilaman. Shu vazirlikni birinchilardan deb ayta olaman", dedi Husan Ermatov.

3. 2021 yilning "Eng faol hokimi" – Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon Mirzaev.

"Haqiqatdan ham Erkin aka bugungi viloyat hokimlari ichida eng salohiyatli, potensiali yuqori bo`lgan rahbar. Oddiy odamlarni ko`p o`ylayotgan, oddiy odamlarga yaqin bo`lgan hokim sifatida e`tirof etilishi maqsadga muvofiq. Shu bilan birga e`tirof etilishga loyiq hokim sifatida Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon Mirzaevni aytgan bo`lardim. Buni Sirdaryoga borib yashagan odam biladi. Sirdaryoni iqtisodiy potensialini bilgan odam biladi. Bu erdagi 5 yil oldingi ahvolni bilgan odam buni e`tirof etadi. Adolat bilan olib qarasa, Sirdaryoning iqtisodiyoti bugun ancha tiklangan, sanoati rivojlangan".

4. 2021 yil "Yil odami" – Nodirbek Abdusattorov.

"Mana yil yakunini juda katta xursandchilik bilan yakunlayapmiz. Bu yilgi odam sifatida men yurakdan aytgan bo`lardim, 17 yoshli o`zbek o`g`loni shaxmat bo`yicha jahon chempioni bo`ldi. Ota-bobolarimizdan qolgan katta bir meros borligini, qaysidir ma`noda oqqan qonlar tomirlarimizda yana oqayotganini, "Oqqan daryo oqmay qolmas" deydi. Bu narsani isboti sifatida, mana shu yigitni aytaman. 9 yoshligidan bizning mehrimizni olgan yigit edi. Bu millat qahramoni edi. Birinchi qahramon sifatida shu yigitni ko`rsataman. Nodirbek Abdusattorov".

5. 2021 yilning "Intellektual blogi" - Zafarbek Solijonov.

"Blogerlar faoliyatini kuzatib boraman. 5 baho qo`yolmayman to`g`risini aytsam. Lekin shunday blogerlarimiz bor, haqiqatda o`zining shaxsiy fikriga va ichki bir samimiyatiga ega. Samimiyat deganda jonkuyarlik. Jamiyatdagi voqea-hodisalarga halol munosabatda bo`lish munosabati nuqtai nazaridan. Zafarbek Solijonovni aytgan bo`lardim. Unda hamma narsa bor. Halollik ham, kuyinchaklik ham, dovyuraklik ham. Uni ko`rsatgan bo`lardim", deya fikrlarini yakunladi jurnalist Husan Ermatov.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар