Barcha amaldorlar — vaziru hokimlargacha dunyoning eng so`lim maskanlariga dam olish uchun ketmoqda

03.01.2022 02:09

YoXUD O`zbekistonni cho`lga aylantirgan amaldorlar xorijning bahavo maskanlarida dam olishadi

O`zbekiston Respublikasi hukumati va Prezident administrasiyasi, ya`ni Bosh vazir, uning o`rinbosarlari, vazirlar, hokim va uning barcha o`rinbosarlari, Prezident maslahatchilari 2022 yil 1 yanvardan 15 yanvar kuniga qadar navbatma navbat barchasi mehnat ta`tiliga chiqib, dunyoning eng so`lim maskanlariga dam olish uchun ketmoqda.

Rasmiy xabarlarga ko`ra, o`zbekistonliklar har yili chet elda dam olish uchun 1 milliard 200 million dollar atrofida pul sarflashmoqda. Bu summaning qanchasi amaldorlar hisobiga to`g`ri kelishi haqida hozircha aniq ma`lumot yo`q. 

Manbalarning xabar berishicha, amaldorlarimiz Antaliya, Tailand, Maldiv orollari, Sochi, Kislovodsk, Yalta kabi dunyoga mashhur xorijning sihatgohlarida dam olishi ko`zlangan.

Ichki turizmni rivojlantirish tashabbusi targ`ib qilinayotgan bir vaqtda amaldorlarimizning xorijda dam olayotganini tushunish qiyin. Savol tug`iladi. O`zbekiston iqlimi, tabiatini avaylay olmayotgan, aksincha, daraxtlarning shiddatli kesilishini oldini olish uchun maxsus qonun va moddalarni ishlab chiqolmagan amaldorlarning o`zlari tabiati go`zal davlatlarda dam olishida adolat bormi?

Go`yoki, daraxtsiz qolayotgan O`zbekiston tabiati chet mamlakatlarga dam olgani chiqa olmagan fuqarolar uchun sovg`a sifatida qoldirilgandek. Xorijning ko`m ko`k, so`lim maskanlarida dam olayotgan amaldorlar O`zbekistonning tabiati uchun jiddiy qayg`urarmikan?

O`zi umuman barcha amaldorlarning bunday tarzda ommaviy dam olishga, o`zga davlatlarga chiqishidan maqsad nima?

Qolaversa, korrupsiyasiz jamiyat qurishga otlangan davlatlarda doimo bu kabi holatlar, shaffof tarzda ommaga ochiqlanadi. Ya`ni, qaysi amaldor qaerda, qancha pulga dam olayotganidan xalq habardor bo`lishi shart. Xalq soliqlari hisobiga yashaydigan hukumat vakillarining qanday dam olishi ommaga ochiqlanadigan ma`lumot bo`lishi lozim. Bu korrupsion holatlarni chek qo`yilishiga ham yordam beradi. Ammo, shu vaqtgacha biron bir matbuot kotibi bu haqida ma`lumotni bergani yo`q.

O`ylaymizki, hukumat tuzulmasi matbuot kotiblari OAV orqali o`z rahbarlarining qaysi davlatga, nechi kunga dam olishga ketgani, qancha harajat davlat hisobidan ketayotgani borasidagi aslida xalq bilishi kerak bo`lgan ma`lumotlarni ochiqlaydi.

Ma`lumotlarga ko`ra, ayni paytda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev Maldiv orollarida dam olmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
43
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
12.03.2022 20:56
Mazzami
09.01.2022 17:40
ничего,хокимлар хозир бораверсин, биз укитувчилар, маошимиз 1000$ булишини кута турамиз
08.01.2022 10:47
Yaxshi dam olib kelinglar. Yana qaytib kelib zur shijoat bilan ishlaysizlar. Ancha charchagansizlar.
06.01.2022 01:19
Узр, фикрим чоп этилганини кўрмай қолибман, таҳририятдан минг бор узр сўрайман, омад Сизларга!!!
06.01.2022 01:18
Қнақанги фикр, фикрлар барибир чоп этилмайди. Рост24 номини бошқа муносиб номга ўзгартириш керак
06.01.2022 00:44
artistlardan kam joyi bormi
05.01.2022 02:50
Яширмайман, менга 400 000 сўм кам таъминланган оила сифатида ёрдам пули берилмоқда, бунинг учун ҳукуматга катта раҳмат. Ҳозирда газ тўловидан қарзим бор, январь учун тўлов қила оламанми ёки йўқ ҳали номаълум, сабаби контракт пулини тўлашим керак, оилага ун ва ёғ олишим керак, малда охиригача қуриб битказилмаган теплица ҳисобига кредит тўловидан 8 000 000 сўм қарзим бор, яна нима дейишим мумкин, қолганини ўзингиз хулоса қилиб олаверинг. Ҳоким буваларга чет элнинг энг сўлим гўшаларида яхши хордиқ чиқариб келишликларини тилаб қоламиз!!!
04.01.2022 15:23
Х,амма яхши нарсалар мух,тарам амалдорлар учун. УРА!
04.01.2022 14:20
Soʻkongʻichlar kuch toʻplab kelisharkan-da
04.01.2022 14:12
Kimning hisobiga? Saylovda shu uchun ovoz berdikmi?
04.01.2022 03:28
Хамма вилоят ва туманларда хам катта узгаришлар буляпти, Президентимизнинг топширикларини шу хокимлар бажаряпти(Москва сразу не строилась). Мухокамачиларнинг купчилиги махаллада, иш жойида шунча фаол булганда янада куп узгаришлар буларди. Чет элга ким борсин: адолат билан айтинг, махсулотни етиштиришга ким куп жон куйдиради, галла деб, пахта деб , ишла деб фермерга ёмон куринган ким. Ижтимоий тармокларда мухокомаларга сабаб булганлар ким. Чет элга чикса дунёкараши кенгаяди, битта маданият олиб келса хам хисоб.
04.01.2022 00:04
Menimcha dam olish xarajatlari ochiqlanmaydi, shunchaki bir oz sukut saqlashadi tamom, kupi bn 20 kun ichida bu mavzu eskiradi/unutiladi.
03.01.2022 20:41
Дамни чарчаган ОДАМ олиш керак.Булар Нима иш килди.Нега вазирликлар йил сархисобини халқга топширмайди.
03.01.2022 19:22
Eh
03.01.2022 18:31
Gap yuq
03.01.2022 17:54
Узбекистон буйича уша амалдорларни сонини аник, санаб чикиб очиклаш вакти келди. Уларни халк уз хисобидан бокиб кевотти. Узи емаган ичмаган курмаган жойларда амалдорлар учун шароит яратиб. Бас ! Етар энди ! Халк билсин буларни сонини ва курашсин.
03.01.2022 17:00
Oddiy oqituvchi xatto sogligini tiklashga mablagi ortmaydi,axir amaldor,rahbarlarni ustoz oqitib tayyorlaydiku ,qachon ustozni mavqeini ,oyligini oshiradi,bularni dam olishiga sarflagan mablagini davlat koproq oqituvchini darslarini qisqartirish evaziga olmoqda .Hatto yangi yilga 40 foil oylikni oldik ,dam olishni tasavvur ham qilolmaymiz ,alam qilarkan.
03.01.2022 15:41
Хаммасини тўплаб, ўзлари дарахтсиз қолдирган худудларда, қишда эмас, айни ёз чилласида қовжиратиб дам олдириш керак..
03.01.2022 15:19
Бизни Узбекистан Давлатга кундузни кундиз демай кечани кеча демай ишлаган буюк корни катта Калласи бум Буш Амалдорларимизга Шону шараблар булсин.Агар ори виждон инсонийлик гурури булганда чет элда дам олишга боришармиди.
03.01.2022 14:53
Dadaxon Hasan oʻz ashulasida "Ammo odam boʻlmaydilar" deb bilib aytgan
03.01.2022 14:52
Кайси кароматига дам олиш керак.
03.01.2022 13:17
maqola juda yoqdi. bir tiyinga qimmat amaldorlar million-million sarflab dam olishi bu mantiqsizlik.