Ozodbek Nazarbekov: "Yilning eng namunali viloyat hokimi" – Andijon viloyat hokimi

30.12.2021 14:05

Madaniyat vaziri o`z javobini saylov jarayonlari bilan bog`lab, "Yil odami" sifatida shubhasiz, Prezident Shavkat Mirziyoev bu o`ringa munosib ekanligini aytib o`tdi.

Rost24.uz sayti ko`rsatgan nomzodlar orasidan esa “Yurak amri” loyihasi muallifi Sardor Rahimxonni ko`rsatdi.

O`z tanlovini izohlar ekan bugungi kunda ijtimoiy yo`nalishda xalqimizning muhtoj qatlamiga mehr ko`rsatuvchilarini jamlab, judayam katta ijtimoiy harakatga aylanganini qo`shimcha qildi.

“Lekin bari bir o`z fikrimda qolaman. Chunki Saylov jarayonlarini bu bilan taqqoslab bo`lmaydi. Yuqoridagi kabi islohotlar har yili ham bo`ladi, lekin Saylovdek asrlarga tatigulik, har bir fuqaroning taqdirini o`z ichiga olgan jarayondek emas. Global nuqtai nazardan olib qaraydigan bo`lsak, bari bir men o`z fikrimda qolaman. 2021 yilning “YIL ODAMI” bu – Shavkat Mirziyoev!”

Madaniyat vaziri "Yilning media lideri"ni aytar ekan bu savolga javob berish biroz qiyinligini ham ilova qildi. Bunga sabab vazirlikning Rost24.uz sayti ko`rsatgan nomzodlarning hammasi bilan hamkorlikda ishlashidir.

“Agar shaxslar bilan hamkorlik nuqtai nazaridan, shaxsan mening hamkorligim, umuman islohotlar, bugungi media olami bilan hamkorligimiz nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo`lsak, tabiiyki, Sherzodxon Qudratxo`ja”.

Ozodbek Nazarbekov 2021 yilning eng faol viloyat hokimini tanlashda ham Madaniyat sohasida yirik islohot qila olgan hokimni tanladi.

“Maqtanib aytishim mumkinki Andijon viloyat hokimi Andijon viloyatida “simfonik orkestr” tashkil qildi. Bu juda qiyin narsa. Chunki Poytaxtda atigi ikkitagina “simfonik orkestr” faoliyat yuritmoqda. Boshqa viloyatlarning birontasida “simfonik orkestr” tashkil etilmagan. Andijon viloyati birinchilardan bo`lib o`zi tashabbus qilib, bunday orkestr tashkil qilganining o`zi bizning sohamiz uchun juda katta yangilik. Biz uchun ko`mak bu. Ertaga bitta “simfonik orkestr” yuzlab, minglab sozandalarning tarbiyalanishida asos vazifasini bajaradi. Shu viloyatda shu sohaning rivojlanishiga sabab bo`ladi. Chunki baza bor”.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
03.01.2022 00:50
🙆
01.01.2022 20:07
Рус шоир Крыловнинг "Ҳуроз ва қаққу" баснянси қўриинг -ўхшайди!
31.12.2021 13:21
Пахта к,уйиш буйича йил одами деган танловда шубхасиз Озодбек Назарбеков голиб булди,
31.12.2021 05:14
Tanish bilishlik shetda ham Ozodbek Andijondanda katdan rivojlanish buladi