Avval xabar berilganidek, kecha tunda o`zbekistonlik yosh grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Polshaning Varshava shahrida o`tkazilgan shaxmat bo`yicha rapid yo`nalishida FIDE jahon chempionatida g`alaba qozondi.
Nodirbek musobaqada davomida kimlarga qarshi dona surdi va yakunda qancha miqdorda mukofot puli ishlab oldi?
FIDE jahon chempionatida rapid yo`nalishi bo`yicha musobaqa yakunlandi. Unda chempionga aylangan Nodirbek Abdusattorov bir qator kuchli va nomdor raqiblarga qarshi dona surdi.
Jumladan, O`zbekiston vakili rossiyalik jahon vise-chempioni Yan Nepomnyashiy ustidan g`alaba qozondi.
Shuningdek, musobaqa davomida o`zbekistonlik iqtidorli grossmeyster dunyoning eng taniqli shaxmatchilari, xususan 5 karra jahon chempioni va amaldagi g`olib Magnus Karlsen (Norvegiya), jahon reytingi peshqadamlari Fabiano Karuana (AQSh), Levon Aronyan (Armaniston), Boris Gelfand (Isroil), qolaversa Viktor Mixalevskiy (Isroil), Gleb Dudin (Rossiya) hamda Rodaslav Voytashek (Polsha)larni ham mag`lub etdi.
Ahamiyatlisi, hamyurtimiz nafaqat eng yosh jahon chempioni sifatida tarixga kirdi, balki 60 ming AQSh dollari miqdorida mukofot pullarini ham qo`lga kiritdi.