Jurnalist Sherzodxon Qudratxo`ja "Yil odami", "Yilning eng namunali vazirligi" hamda "Yilning eng intellektual blogi" nominasiyalari uchun o`z takliflarini bildirdi.
Uning fikriga ko`ra 2021 yilning "Yil odami" bu shubhasiz Shavkat Mirziyoev. Buni jurnalist saylov bilan izohladi hamda butun O`zbekiston ahlining Prezidentlik saylovidagi 80.1 foiz ovozi buni tasdiqlashini aytdi.
Saytimiz ko`rsatgan nomzodlar bo`yicha ham fikr bildirib, ularning faoliyati yaxshiligi, biroq barchasi tor doiradaligi hisobiga "Yil odami" faqat Mirziyoev bo`la olganini qayta ta`kidladi.
Shuningdek, jurnalist 2021 yilning "Eng namunali vazirligi" nominasiyasi bo`yicha ham o`z qarashlarini bildirdi:
"Bu erda ham mening javobim boshqalarnikidan farq qilar, lekin o`ylaymanki, bu yil og`ir yil bo`ldiki, iqlim nuqtai nazaridan qurg`oqchilik bo`ldi. Shunga qaramasdan O`zbekistonda bugun Qishloq xo`jaligi sohasida juda ko`p ish qilindi. Masalan yangi texnologiya, innovasiya borasida.
Biz bari bir har kuni turganimizda suv ichamiz, har kuni turganimda non eymiz, go`sht eymiz va har birimizni kelgusi mamlakatimizning rivojlanishi ham oziq-ovqat xavfsizligimizga bog`liq. Shuning uchun men o`ylaymanki, Qishloq xo`jaligi va Suv xo`jaligi vazirligi amaliy ishlar qildi.
Lekin ular kamtarin, piar qilishni bilishmaydi.
Men shu ikki vazirlikni aytganimda minglab fermerlar, minglab dehqonlarimiz va xalqimizning dasturxonini to`ldirayotgan insonlar ko`z oldimga keldi".
"Yilning eng namunali viloyat hokimi" sifatida esa Sherzodxon Qudratxo`ja har bir viloyat hokimlari birday ishlayotganini aytdi.
"Bu juda murakkab savol, men sizga oddiyroq javob bermoqchiman. Masalan bizda Andijon viloyat misolida olib qaraydigan bo`lsak hudud jihatidan bor yo`g`i bir foizi. Ammo u erda O`zbekistonning o`n foiz aholisi yashaydi. Bu degani, O`zbekiston aholisi 35 million bo`lsa, u erda 3,5 million. Lekin u boshqa viloyatlardan kerak bo`lsa oldinda yuradi.
Yoki Qoraqalpog`iston respublikasi O`zbekistonning eng shimolida joylashgan. O`zbekistonning 5-6 foiz aholisi yashaydi, hududi bo`yicha eng katta hududi. Shuning uchun bu savolga javob berganda odamlarning hayoti farovonligi, odamlarning yashash darajasi, ertangi kunga umidini hisobga olish kerak. Men o`ylaymanki, bu borada hamma viloyatlar harakat qilyapti va javob berish uchun o`tirib qandaydir mening xohishim, yoki qaysidir hokimga simpatiyam, yoki antipatiyam bilan belgilanmaydi. Aniq statistika bilan ishlash kerak. Shuning uchun bu savolingizga javob berishga qiynalaman".
2021 yilda insonlarga yaxshi tomonlama xizmat qila olgan eng namunali blog deb qaysi blogni ayta olasiz?
"Bugun O`zbekistonda juda ko`p blogerlar bor. Masalan men Asanovni kuzataman, Davletovni o`qib turaman, Bakironi o`qiyman, Nozim Safar kamroq chiqyapti, biroq o`qiyman. Lekin ularning orasidan o`zining munosabatini bildiradigan, o`zining ichidagi "Mikrofon ko`tarib yurgan ayol" blogi ko`p yoqadi. Chunki samimiy yozadi, oddiy yozadi. Shu bilan birgalikda u ayol bo`lgani uchun ham bu bilan professional shug`ullanishga vaqti kamroq bo`lgani uchun ham menda simpatiya uyg`otadi. Shuning uchun men Aziza Qurbonova blogini hurmat qilaman". – deya o`z fikrini yakunladi Sherzodxon Qudratxo`ja.