"Yil tanlovi – 2021": Aziz Abduhakimov o`z vazirligini "Eng yaxshi vazirlik" deya e`tirof etmadi

28.12.2021 17:57

"Yil tanlovi – 2021" bo`yicha Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov o`z fikrlarini bildirdi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari va Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov "Yilning eng yaxshi vazirligi", "Eng namunali hudud" va "Yil odami" nominasiyalari bo`yicha o`z nomzodlarini aytdi.

Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov:

1. "Yil odami" - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev.

"Menimcha, bu shubhasiz. Avvalambor, bu yil yaxshi bilamiz, Respublikamiz bo`yicha juda katta o`zgarishlar bo`lyapti. Albatta, men o`ylashimcha, hurmatli Prezidentimiz tan olinsa to`g`riroq bo`ladi. Nimagaki, yaxshi bilamiz, Prezident saylovlari bo`lib o`tdi. Barcha aholi qatlami tomonidan O`zbekistonda bo`layotgan islohotlar tan olindi, qo`llab quvvatlandi. hech qanaqa shubha bo`lishi mumkin emas", – dedi Turizm va sport vaziri.

2. "Eng namunali vazirlik" - Adliya vazirligi.

"Eng yaxshi vazirlik, men o`ylashimcha, buni tanlash bir muncha qiyin bo`lsada, lekin menimcha Adliya vazirligi. Haqiqatdan ham juda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Ular, bilasizmi, aholimizga qulay bo`lgan davlat xizmatlar markazlarini tashkil etganligi, umuman olganda ular tomondan qonunchilikka kiritilgan o`zgarishlar, odamlar hayotini engillashtirish, umuman shu davlat bilan aholi muloqotini engillashtirish nuqtai nazardan, byurokratiyaning turli ko`rinishlarini bartaraf etishda juda katta ishlarni amalga oshirmoqda".

3. 2021 yilning "Eng namunali hududi" - Samarqand viloyati.

"Eng yaxshi viloyat men o`ylashimcha, odamlarning roziligidan kelib chiqadigan bo`lsak, Samarqand viloyati. Samarqandda juda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Samarqand shahrida, bevosita tumanlarida va umuman olganda Samarqand viloyati hokimligi ham judayam katta ishlarni amalga oshirmoqda", – deya Aziz Abduhakimov o`z fikrlarini yakunladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар