Toshkent yoshlar forumida spiker sifatida qatnashgan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga Mehnat.uz saytida e`lon qilingan vakansiyalarning aksariyati ishlamasligi bo`yicha e`tiroz bildirildi.
– Mehnat.uz saytida ma`lum tashkilot yoki korxonada mavjud bo`sh o`rinlar haqida ma`lumot berib boriladi. U yoki bu korxonaga borib ishga joylashish uchun Bandlikka ko`maklashish markazidan yo`llanma olish kerak. Yo`llanma bilan borgan odamni asossiz qaytarishga korxonaning haqqi yo`q, – dedi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri.
Xodimlarni ishdan tashqari vaqtda ishga jalb qilish bo`yicha savolga Nozim Husanov shunday javob berdi:
– Ish vaqti tugagach, xodim uyiga ketishi mumkin. Hech qaysi rahbar xodimlarni mehnat shartnomasida belgilangan vaqtdan tashqari ishlatishga haqli emas. Yarim tungacha ishlash holatlarini suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan blogerlarga rahmat-ular bizning ishimizga yordam berishmoqda.
Eslatib o`tamiz, Rost24.uzda ham yarim tungacha ishlayotgan idoralar suratlari e`lon qilingan edi.