Vazirlar Mahkamasining “Toshkent metropolitenidan foydalanish qoidalarini hamda Toshkent metropoliteni faoliyatini tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash to`g`risida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi.
Unga ko`ra, metropoliten ish vaqtlari to`g`risida har bir bekatning kirish eshiklari oldida ma`lumot beriladi.
Metropolitenda yo`lovchi va uning qo`l yukini tashish shartnomasi tuzilganligi yo`l chiptasi bilan tasdiqlanadi.
Metropolitenning barcha hududlarida quyidagilar taqiqlanadi:
– parapetlar, to`siqlar ustiga chiqish, shuningdek, ular ustidan sakrab (oshib) o`tish;
– spirtli ichimliklar, psixotrop va giyohvand vositalarni iste`mol qilish, mast holda kirish;
– chekish va qizdiriladigan tamaki, elektron sigaretalarni iste`mol qilish vositalaridan foydalanish;
– metropoliten hududida va vagonlarda ochiq olov, pirotexnika vositalaridan (feyerverklar, petardalar va boshqalar) foydalanish;
– metropoliten hududida poyabzalsiz va kiyimsiz holda bo`lish;
Yonuvchan gazlar bilan to`ldirilgan sharlar bilan bekatga kirish va bekat va uning hududida, bekatga tutashgan erosti o`tish yo`laklarida samokatlar, rolikli konkilar, motosikl, skuter, velosiped, skeyt, barcha turdagi g`ildirakli sport anjomlari va boshqa shu kabi vositalarda harakatlanish (nogironlar aravachalari bundan mustasno), uchuvchisiz uchish vositalaridan (dron) foydalanish taqiqlanadi.
Metropoliten rahbariyatining yozma ravishdagi ruxsatisiz, xizmat ko`rsatish (texnik) xonalarida bekatlar va ob`ektlarda professional video va foto (uchuvchisiz uchish vositalari yordamida), suratga olish, shuningdek, “Prank” shaklida videolarni suratga olish hamda vagonlarning o`rindiqlariga bolalarni poyabzali bilan qo`yish va yuklarni joylashtirish mumkin emas.
Xususan, uskunalar va me`moriy-badiiy bezaklarning qismlariga zarar etkazish, vestibyullar va xizmat xonalarining oynalarini ifloslantirish, shuningdek, vagonlarga va metropoliten infratuzilmasi ob`ektlariga zarar etkazish;
– metropoliten harakat tarkibi vagonlarining tashqi va ichki yuzalariga, shuningdek metropoliten qurilmalari va inshootlariga yozuvlar, stikerlar, rasmlar, axborot va reklama materiallarini metropoliten rahbariyati bilan kelishmasdan (shartnoma) joylashtirish qat`iy taqiqlanadi.