Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov 20 dekabrdan ish faoliyatini qayta boshladi

20.12.2020 18:08

Buni Rost24 muxbiriga Bosh prokuraturaning axborot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinov tasdiqladi.

Eslatib o`tamiz, Jasur Fozilov 11 dekabrdan boshlab ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali e`lon qilgan videomurojaatlarida prokuratura organlari rasmiylariga nisbatan qator da`volarni ilgari surgan edi.

Keyinroq esa Bosh prokuratura tomonidan Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshirilayotgani haqida bayonoti e`lon qilindi.

Bayonotda, muallif arizasida shahar prokurori J.Fozilovning tazyiqi bilan Buxoro shahrida qurgan yirik savdo majmuasidan 1 metr kvadratining haqiqiy narxi 20 mln. so`m bo`lgan savdo do`konini unga 5 mln. so`mdan sotganligini, oradan bir yil o`tib, ya`ni 2020 yil oktyabr oyida shu narxdan yana bitta do`konni sotishini talab qilganligini, rad javobini berganligi uchun J.Fozilov uni tergovga chaqirib, javobgar qilish bilan qo`rqitayotganligini bildirgan.

Ushbu holat bo`yicha J.Fozilovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tekshiruvning xolisona va adolatli o`tkazilishini ta`minlash, ish holatlariga to`liq oydinlik kiritish, har qanday aralashuv va ta`sirlarning oldini olish maqsadida u 2020 yil 2 dekabr kuni xizmat vazifalarini bajarishdan vaqtincha ozod qilingani, ma`lum qilingan.

O`sha vaqtda Bosh prokuratura J.Fozilovning 2020 yil 11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida bildirgan holatlarga to`liq va haqqoniy baho berilishini bildirgandi.

15 dekabr kuni esa Jasur Fozilov ishi bo`yicha Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining bayonoti e`lon qilingandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар