IPOTEKA BANK XODIMLARI ORASIDA FIRIBGARLIK ORTIB BORMOQDAMI?

17.12.2021 11:55

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tijorat banklari tomonidan noqonuniy tarzda iste`molchi plastik kartasidan echib olinayotgan pul mablag`lari bilan bog`liq holatlar ko`plab muhokamalarga sabab bo`lmoqda. 

Xususan, Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga ham joriy yil boshidan buyon bank-moliya sohasiga oid 1000 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

Bu kabi holatlar asosan telegram ijtimoiy tarmog`i orqali kelayotgan ko`plab yutuqli o`yinlar negizida sodir etilmoqda.

Shuningdek, bank xodimlari tomonidan iste`molchi bilmagan holatda kimningdir kredit mablag`lari olishida kafil vazifasini bajaruvchi sifatida uning mablag`larini ogohlantirishsiz echib olish bilan bog`liq firibgarliklar aniqlanmoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri, Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi fuqaro G`.A. tomonidan kelgan bo`lib, qayd etilishicha, Buxoro shahar J.Ikromiy ko`chasida joylashgan «Ipoteka bank» ATB Sardor filialiga tegishli bank kartasidan iste`molchining 2 500 000 (ikki million besh yuz ming) so`m miqdordagi pul mablag`i asossiz echib olingani, bank xodimlariga murojaat qilganda unga iste`molchi boshqa bir fuqaro kredit olishida kafil vazifasini bajargani uchun undan undirilgani aytilgan. 

Biroq, iste`molchi bankdagi hujjatlarni ko`zdan kechirishni talab qilganda esa, hech qanday kredit shartnomalarida kafil bo`lmaganligi ma`lum bo`ldi, shunga qaramay bank xodimlari echib olingan pul mablag`ini qaytarmayotganidan norozi ekanini bildirgan.

Mazkur murojaat o`rganilishi natijasida, iste`molchidan sababsiz echib olingan 2 500 000 so`m pul mablag`i qaytarildi.

Bundan tashqari iste`molchi talabiga ko`ra, Buxoro tumanlararo sudiga moddiy va ma`naviy zararni undirish uchun da`vo arizasi ham kiritgan.

Albatta ba`zi iste`molchilar qaysidir tashkilot yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish orqali o`z huquqlaridan foydalanmoqda, afsuski, bu borada o`z huquqini bilmaydigan fuqarolarimiz ham yo`q emas.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
17.12.2021 17:21
Ипотека Банк ходимларига умуман ишонч йук 1 йилдан буён микро карз ололмай сарсанман 97.1120024 тел ракамим.