O`tgan 5 yil ichida jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar soni 14 mingdan oshdi
O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tashkil etilganining 30 yilligiga bag`ishlab “O`zbekiston prokuraturasi: kecha, bugun va ertaga” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi Unda adliya vaziri Ruslanbek Davletov amaldorlar tomonidan sodir etilgan so`ngi yillardagi jinoyatlar statistikasiga to`xtaldi.
«So`ngi uch yilda prokuratura organlari tomonidan qonuniylikni ta`minlash maqsadida jami 540 mingdan ortiq prokuror hujjatlari qo`llanilgan.
Oxirgi 5 yil davomida O`zbekiston Respublikasida korrupsion qilmishni sodir etib, jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar soni 14 mingdan oshgan.
Shulardan 160 nafardan ortig`i respublika miqyosidagi, 1 ming 270 nafardan ortig`i viloyat miqyosidagi hamda 13 ming nafardan ortig`i tuman miqyosidagi mansabdor shaxslar ekanligi prokuratura organlarining korrupsiyaga toqatsizlik borasidagi faoliyat ko`lami qay darajada ekanini ko`rsatadi.
2021 yilning o`tgan 6 oyida 140 mingdan ortiq fuqaroning murojaati hal etilib, 23 mingga yaqin shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi».