Ortiqxo`jaev daraxtlar haqida: To`q davlatlarda, boy davlatlarda shunga o`xshagan narsalarni qadrlashadi

16.12.2021 13:51

G`ofur G`ulom nomidagi parkda obodonlashtirish qay ahvolda nima bo`layapti u erda?

Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboeva shu savolni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevga berdi.

Hokim bu savolga javob berar ekan o`zining ham xorij tajribasidan xabari borligi va ko`kalamzorlashtirishga o`ziga to`q davlatlar e`tibor qaratishini qayd etib o`tdi.

"Avvalo har bir daraxt uchun qayg`urayotgan odamlarimiz bor. Shunisiga ham shukr! Bu ham davlatning rivojlanayotganini bildiradi. Ilgari daraxt kesilsa, hech kim ahamiyat bermasdi. Men fuqarolarimizga minnatdorlik bildiraman. Hokimlik ham buni e`tiborsiz qoldirmaydi.

G`afur G`ulom parki ikki yil oldin investorga berilgan. Bizga ko`rsatgan, Prezidentga ko`rsatilgan loyihasida hech bir daraxtni kesmaslik, plyaj zonalarini qoldirish, rekonstruksiya qilish va qo`shimcha yangi attraksionlar qurish belgilangan edi. Lekin investor, mana, bir yildan oshdi, o`ziga qo`yilgan vazifalarni bajarmadi. Men buni qayta ko`rib chiqishni taklif qilaman. Buni qayta ko`rib chiqamiz", – dedi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар