KELAJAKKA E`TIBOR: 300 nafar bola loy ko`chalardan 5 km. uzoqlikdagi maktabga qatnamoqda

16.12.2021 12:18

Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi qishloq bolalari maktabga borish uchun 5 km. yo`lni bosib o`tmoqda. 

Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlarda “Bolalarga maktab kerak” sarlavha ostida xabar tarqaldi. Ma`lum bo`lishicha, ushbu muammo Qamashi tuman “Boybo`ri” MFY da yashovchi aholini uzoq yillardan beri qiynab kelar ekan. 

Mahalladagi 300 nafarga yaqin o`quvchi 5 km. masofa uzoqlikda joylashgan 73-va 23-maktablarga qatnab ta`lim olishadi.

Tuman hokimlik axborot xizmati javobiga ko`ra 2022-2023 yil oralig`ida Boybo`ri qishlog`iga 27-maktabning filiali ochilishi aytilgan, ammo maktab rahbari bu masala bo`yicha hali bir to`xtamga kelinmaganligini ta`kidlamoqda.

Rost24.uz sayti jamoatchi muxbirining tuman xalq ta`limi hamda xalq ta`lim boshqarmasidan izoh olishga urinishlari besamar yakunlandi.

*****

Eslatib o`tamiz, saytimiz tomonidan ta`lim tizimiga doir muammolar doimiy ravishda yoritilgan:

O`zbekistonda ta`lim yo`nalishidagi 3 ta vazirlikni qisqartirsa bo`ladimi?

FARG`ONADA PEDAGOG XODIMLARNING ISh HAQIDAN 922 MILLION SO`M NOQONUNIY TARZDA UShLAB QOLINGAN

Erkin Turdimov hokimligi ostida hamon bolalar 15 km. uzoqdagi maktabga piyoda qatnab kelmoqda

O`QITUVChILAR UChUN PREZIDENT TOMONIDAN TAYINLANGAN MAXSUS QO`ShIMChA TO`LOV NEGA UNUTILDI?
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар