Saytimizda "Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev “Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni” bayramini yuqori saviyada nishonlash uchun byudjetdan salkam 2 milliard so`m mablag` ajratdi" mazmunida maqola e`lon qilingan edi.
Jizzix viloyat hokimligining matbuot xizmati ushbu mavzu bo`yicha rasmiy munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyat hokimi “Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni” bayramini nishonlash uchun 1 894 814.0 (bir milliard sakkiz yuz to`qson to`rt million sakkiz yuz o`n to`rt) ming so`m mablag`” ajratdi mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Jizzax viloyati hokimligi shuni ma`lum qiladiki, qishloq xo`jaligi xodimlari kunini nishonlash bo`yicha joriy yilning 27 noyabr kuni Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Vazirlar Mahkamasida “Hosil bayrami”ga tayyorgarlik ko`rish va uni nishonlash bilan bog`liq tashkiliy chora-tadbirlar bo`yicha yig`ilish o`tkazilgan edi.
Mazkur yig`ilish bayonining 4-bandida belgilangan topshiriqlarga asosan, Jizzax viloyati hokimligi tomonidan viloyat mahalliy byudjeti daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi mablag`lari hisobidan 1 894 814000 so`m mablag` joriy yilning 11 dekabr kuni Jizzax viloyati Do`stlik tumanida yigirma ming aholiga xalq sayli tarzida “Hosil bayrami” tashkil etish va 12 dekabr kuni mingga yaqin agrar soha tarmoqlarida samarali mehnat qilayotganlarni moddiy va ma`naviy rag`batlantirish hamda bayram tadbirini yuqori saviyada o`tkazish uchun ajratilgan.