Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev “Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni” bayramini yuqori saviyada nishonlash uchun byudjetdan salkam 2 milliard so`m mablag` ajratdi.
Jizzax shahriga shuncha pul ajratilmoqda, natija bormi..?
Bu mablag` bilan bir qishloq obod bo`lib ketishi mumkin edi, balki...
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev Jizzax viloyatida “Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni” bayramini yuqori saviyada nishonlash uchun byudjetdan 1 894 814.0 (bir milliard sakkiz yuz to`qson to`rt million sakkiz yuzi o`n to`rt) so`m mablag` ajratibdi. Bu bo`yicha hokimning maxsus qarori ham chiqarilgan.
Bu mablag` "Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni"ni ko`tarinki kayfiyatda o`tkazish uchun ajratildimi? Eng qizig`i bir kunda o`tadi-ketadi bu kun...
Bundan kamroq bo`lgan pul bilan ham bir kunni o`tkazib, qolgan byudjetni qishloqlarimiz obodonchiligiga yo`naltirish, aslida, to`g`ri echim bo`lmaydimi..?
Eslatib o`tamiz, Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi noyabr oyida Jizzax shahri ko`chalarini ko`rkamlashtirish maqsadida daraxt va gullar ekish uchun buyurtmachilarni tanlab olish maqsadida e`lon qilgan tanlovda My Flower MChJ yutgan. Mablag`lar viloyat hokimi Saliev Ergash farmoyishi bilan mahalliy byudjetning oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan. Ma`lum bo`lishicha, My Flower MChJning 50,8 foiz ulushi Salieva Nargiza Ergashevnaga tegishli bo`lgan.
Byudjet puli sarfi hokimlarning qo`lida ekan deb xohlagan pulini xohlagan joyiga ishlatmayaptimi hokimlar..?
Hokimlarni ham nazoratga olishning imkoni bormi?