Ish joyida kasallanib, o`pka zararlanishi oqibatida vafot etgan hamshira ishini Respublika prokuraturasi nazoratga olganini ma`lum qildi.
Yaqinda rost24.uz internet saytida ish vaqtida koronavirusdan zararlanib vafot etgani farzandlari tomonidan davo qilinayotgan ayol haqida reportaj tayyorlangan edi. Marhuma 7 – shahar klinika shifoxonasida ishlab kelgan va kasalxona karantinga yopilgan vaqtda ham u o`z ish joyida bo`lgan. Marhumaning qizlari onasi Nargiza Mansurova koronavirus bilan kasallangan bemorga muolaja qilgani va shundan so`ng uning ham ahvoli og`irlashganini hikoya qilishgan. Bugungi kunda marhum hamshiraning farzandlari uysiz ko`chada qolgan va onasi uchun to`lab berilishi kerak bo`lgan summa berilmaganini aytishmoqda.
Mazkur masala yuzasidan bugungi kunda prokuratura ish olib bormoqda.
Rost24.uz esa voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.