Bir umrga futbol tizimidan chetlatilgan Samvel Babayan yaqinda yana bosh murabbiy bo`ldi

04.12.2021 14:35

Millatning bosh jamoasini parokanda qilib ketgan Samvel Babayan hali-hanuz futbol olamida yurganiga sabab nima?

Faqat yomon ishlari bilan yodda qolgan inson nega bunchalik ko`klarga ko`tarilmoqda?


O`zi xohlagan futbolchilarni o`ynatib, xalqning g`azabiga uchragan, kuchsiz jamoalarni engganida maydonni o`paverib odamlarni zada qilgan, oxirgi matbuot anjumanida mag`lubiyatga izoh ham bera olmay, ketib qolgan, butun umr futboldan chetlatilgan va keyinchalik qat`iyasiz futbol rahbarlari tomonidan BUTUN UMRLIK diskvalifikatsiyasi 2 haftada bekor qilingan Samvel Babayan haqida so`z yuritamiz. 

 

Samvel Vyacheslavovich Babayan 1971-yil 19-mayda Toshkent shahrida tug`ilgan. Asli arman. Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, u Toshkent davlat jismoniy tarbiya institutini “trener” mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan. Ilk marotaba Babayan O`zbekiston SSR chempionatida turli jamoalarda o`ynagan va futbolchilik faoliyatini erta yakunlagan. 1993-yilda Toshkent viloyatidan “Politotdel” klubiga ma`mur etib tayinlangan. 1996 yilda Viktor Jalilov boshchiligidagi Namanganning “Navbahor” klubi murabbiylar shtabida ishlab , O`zbekiston chempioni bo`ldi. 2001 yilda Babayan O`zbekiston terma jamoasida menejer sifatida ishlay boshlagan. Keyingi yili Toshkentning “Paxtakor” klubi vise-prezidenti bo`ldi. 2014-yilda “Paxtakor”da bosh murabbiylik lavozimi tugatilgach, Babayan Toshkent klubi bosh menejeri bo`ldi. O`sha yili “Paxtakor” milliy chempionatda g`olib chiqdi va Babayan yil yakuniga ko`ra O`zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

O`zbekiston terma jamoasi 

2015 yilning 23 iyunida Mirjalol Qosimov O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste`foga chiqqanidan so`ng uning o`rniga Babayan bosh murabbiy etib tayinlangan edi. 2015-yilning 27-noyabr kuni Babayan bir vaqtning o`zida O`zbekiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Uning rahbarligida olimpiya terma jamoasi 2016-yil yanvar oyida Qatarda bo`lib o`tgan Osiyo chempionatida omadsiz ishtirok etib, 2016-yilgi Rio-de-Janeyroda bo`lib o`tadigan Yozgi Olimpiada o`yinlariga yo`llanmani qo`lga kirita olmadi va guruhdan chiqa olmadi. Ushbu omadsizlikdan so`ng u olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan bo`shatildi va bor e`tiborini milliy terma jamoaga qaratdi.

 

Jamoa 2018 yilda Rossiyada bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha jahon chempionati finaliga chiqa olmadi . Uchinchi, so`nggi saralash bosqichi yakunlariga ko`ra, O`zbekiston “A” guruhida Eron , Janubiy Koreya va Suriya terma jamoalaridan ustun kelib, to`rtinchi o`rinni egalladi (oltitadan) . 2017-yilning 7-sentyabr kuni u O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etilgan edi. 

 

Bir umr futboldan chetlatish 

2018-yilning 15-yanvarida O`zbekiston Futbol Federasiyasi Babayanni Toshkentning “Paxtakor” klubidagi faoliyati davomida futbolchilarning shartnomalari bo`yicha hiyla-nayranglarga uchragani uchun uni umrbod futbol sohasidagi faoliyatidan chetlatgan edi. O`FFning Samvel Babayanga qo`ygan — futbolchilarga bo`lgan noxolis munosabati sabab, termadagi muhitga salbiy ta`sir ko`rsatgani, nomzodlarni saralab olishda asosan o`ziga ma`lum futbolchilar bilangina ishlagani hamda barcha klublarga teng munosabatda bo`lmagani, tajribali murabbiy hamda mutaxassislarning fikr va tavsiyalarini inobatga olmagani deb sababi aytib o`tilgan. 

O`zbekiston futboliga qaytish 

2019-yilning 26-fevral kuni OAVda Babayan Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi prezidentining maslahatchisi etib tayinlangani haqida xabarlar tarqalgan.  Bu ma`lumot Toshkentning “Lokomotiv” klubining rasmiy saytida ham paydo bo`ldi. Bu yangilik muxlislarning keskin noroziligiga sabab bo`ldi va bir qator jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarini hayratda qoldirdi. Keyinroq Babayanning o`zi ham qisqa intervyuda uning diskvalifikasiyasi 2018-yilning 1-fevralida bekor qilinganini, ya`ni diskvalifikasiya qilinganiga ikki haftadan sal ko`proq vaqt o`tganini aytdi. 

 

Keyinroq O`FF maxsus bayonot berib, Samvel Babayan qoniqarsiz natijalar va JCh-2018 saralash bosqichi muvaffaqiyasiz yakunlangani uchun O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etilgani aytilgandi. Bayonotda aytilishicha , O`zbekiston Prezidenti portaliga shikoyat qilgan muxlislardan O`FFga 10 mingdan ortiq xat yo`llangan. 2018-yilning 15-yanvarida O`FF Babayanga nisbatan ish qo`zg`atdi va ushbu tashkilot ijroiya qo`mitasi byurosi Babayanni futbol faoliyatidan bir umrga chetlashtirishga qaror qilgan. Lekin 2 haftaga bormay u yana futbol olamiga qaytib keldi. Bu esa albatta muxlislar tomonidan katta norozilikka sababchi bo`ldi. 


Disflikasiyadan oldin Latviyaning “Spartak” jamoasida ishlab kelib, u erda ham natija ko`rsatolmagan, disflikasiyadan keyin esa “Lokomativ”ga murabbiylik qilgan Babayandan nima kutgan edik? Agar bu inson rostan ham kuchli murabbiy bo`lganda Latviyada qolib ketmas edimi? Biron ish ko`rsatolmaganligi uchun ham O`zbekistonga qaytib kelmadimi? Qaysi ishni qoyillatib qo`ydi Samvel Babayan?

Babayanning milliy jamoaga kelishining o`zi katta xato edi. Uning qing`irliklarini odamlar ko`p yillardan buyon bilishardi. Keyin esa bu firibgarliklar haqida rasman e`lon qilindi ham. Oqibatda Babayan butun umrga diskvalifikatsiya qilindi. Keyin esa «Bunyodkor»ning kafilligida 2 haftadan keyinoq diskvalifikasiya bekor qilingani ma`lum bo`ldi. Ana o`sha muxlislar g`azabiga duchor bo`lgan inson oz emas, ko`p emas naq 3 yildan buyon mamlakat chempioni bo`lib kelayotgan jamoaga murabbiy bo`lgan.

 

Har bir klub xohlagan murabbiyini ishga qo`yishi, xohlagan murabbiyni haydashi mumkin. Lekin bir narsaga hayronmiz, nima, O`zbekistonda undan boshqa murabbiy yo`qmi? Agar u shunchaki milliy terma jamoa bilan muvaffaqiyasizlikka uchragan murabbiy bo`lsa ham boshqa gap edi. Babayan esa o`z futbolchilarining transfer narxini ko`tarish uchun ularni bosh jamoada o`ynatgan. Bu gapni biz o`ylab topganimiz yo`q, rasman e`lon qilingan.

 

U qo`pol qilib aytganda butun xalqning ustidan kulib ketgandi! Endi esa futbolga qaytib Shomurodovning milliy jamoa etakchisiga aylanganiga hissa qo`shganini da`vo qilmoqda. Etmaganiga hamma narsani unutishni so`radi. Eng achinarlisi, Babayanni qahramondek kutib olayotganlar juda ko`p edi... 

Babayan “Paxtakor” klubini qanday ahvolga tashlab ketganini hamma juda yaxshi bilar edi. Lekin bir narsaga hayron qolyapmiz, faqat yomon ishlari bilan yodda qolgan inson nega bunchalik ko`klarga ko`tarilmoqda? Babayan chempionatdagi intrigani oshiradi, u kuchli murabbiy, tengsiz menejer degan gaplar safsata-ku?! 
 

 

U arman millatiga mansub. U futboldan bir umrga chetlatilgan vaqtida Armaniston matbuotida “Babayan millatchilik qurboni bo`ldi” nomli maqola e`lon qilingan. “Armenian Report” da bu narsa xususan bosilib chiqqan. 

«Shunisi aniqki, Babayan o`zining millati tufayli o`zbek amaldorlarining  g`azabiga duchor bo`ldi. Unga qo`yilgan ayblar esa har qanday normal insonni hayratlantirishi tabiiy. Gap shundaki, Samvel Vyacheslavovich qo`l ostida o`zbekistonliklar 22 uchrashuv o`tkazib, ularning 16 tasida g`alaba qozondi, bir o`yinda durang qayd etdi, 5 tasida mag`lub bo`ldi. Samvel Babayan foiz ko`rsatkichi bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi tarixidagi murabbiylar o`rtasida Rustam Akramovdan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Aynan Babayan terma jamoani 2019 yilgi Osiyo chempionatiga yo`llanma beradigan Jahon chempionati saralashining final bosqichiga olib chiqdi. Shunga qaramay uni tanish-bilishchilik va noxolislikda ayblashdi». Bu gaplar rost bo`lsa nimaga u boshqa davlat futbol jamoalariga borib, io;sha jamoalarni yuqori cho`qqiga olib chiqmadi, chiqmayapti? Qani Babayanning shu kuchli tarafi? 

 

Latviya, Xitoyga ketib u erda ham natija ko`rsatolmagani uchun hozir ham O`zbekistonda emasmi, bu Babayan? Hozir u “Navbahor” futbol klubining murabbiyi. O`sha kuchli deya tilga olingan Babayan O`zbekistonning “Navbahor” klubida… 

O`zbekiston nimaga bu insonni hali-hanuz futbol olamida ushlab turibdi? Aslida bor futbol jamoalarini ham yo`q qilgan odam, shu emasmi..?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
10
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
08.12.2021 23:39
"Локомотив"-клуби "Ўзбекистон темир йўллари" АЖга қарашли, ЎФАга шу АЖ раиси О.Раметов Президент бўлган даврда Бабаян қайтган бўлса ҳозир ЎФАда Президент ДХХ раиси адашмасам. Агар ДХХ футболимизда тартиб ўрната олмаётган бўлса ......... билмадим?!
05.12.2021 21:45
Куряпсизми, миллатчи ва бир вактлар узбекларни кирган арманлар уз юртида туриб миллатдошини химоя киляпти. Бизлар эса уни кутар-кутар киляпмиз. Менинг фикрим, уни хозирок йукотиш ва бутунлай даф килиш керак. Наманган хокими якин тарихни уша жойларини бир икки варак укиб куйсин
05.12.2021 14:58
Aleksandr Makedonskiy: "Katta armiya bosib ololmagan shaharni bir qop oltin ortilgan eshshak "tinch yo'l" bilan egallaydi"
05.12.2021 03:50
Унинг пули бор магазинлари ишлаб турибди адидас найк пума махсулотларини факат у олиб кираолади монополист одам
05.12.2021 03:41
бу янги Узбекистон
04.12.2021 22:12
Заказной статья