Afg`onistondagi o`zbeklar majburiy ko`chirilmoqda, mulklari olib qo`yilmoqda va kaltaklanmoqda

30.11.2021 11:56

Bu haqda «Sputnik Afg`oniston» xabar bergan. Afg`onistonning Jouzjon viloyatida yashovchi etnik o`zbeklar hamda turkmanlar majburiy ko`chirilyapti.

Ularning uylari «Tolibon» harakati ko`magida ko`chmanchilarga berilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, bundan tashqari ularning mashina va traktorlari ham olib ketilgan, qarshilik ko`rsatmoqchi bo`lganlar «Tolibon» harakati a`zolari tomonidan hibsga olingan va kaltaklangan.

Avvalroq «Tolibon» Afg`onistonda o`zbek tilining rasmiy til maqomini bekor qilgani haqida aytilgan, ammo O`zbekiston Prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev bu xabarlarni rad etgan edi.

O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi ham Afg`onistondagi maktab dasturlaridan o`zbek tili chiqarib tashlangani haqidagi xabarlarni inkor etib, «Ba`zi bilimsiz “tahlilchi” va jurnalistlarning shubhali shov-shuvlar va “qaynoq fakt”lar ilinjida ochiqdan ochiq buzib ko`rsatilgan va yolg`on axborotlarni tarqatayotgani esa afsuslanarli holatdir», deya munosabat bildirgan edi.

Shuningdek, Abdulaziz Komilov «O`zbekiston – Evropa Ittifoqi» hamkorlik kengashi yig`ilishi yakunlari bo`yicha belgiyalik jurnalist Sadid Laylumning Tolibonni terrorchi deb atagan savoliga «Markaziy Osiyo, Evropa, AQSh, Janubiy Koreya yoki boshqa mamlakatlarda Tolibon tomonidan uyushtirilgan teraktga birorta ham misol keltira olmaysiz», deb javob bergan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
13
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
06.12.2021 03:20
Ўзбекистон давлати ўз фуқаролари бўлган ўзбекларни ҳимоя қилмайдию, бошқа давлат фуқаролари бўлган ўзбекларга куярмиди
03.12.2021 17:57
Улар биздан эмас
01.12.2021 21:31
Абдулазиз Комиловнинг хар кандай холатда толибонларни ва уларнинг хар кандай харакатларини куллаб кувватлаши тушинарсиз хол. Толибонлар хали синалмаган асов отлар каби, уларни хозирчалик масофа саклаб кузатиш маъкулрок
01.12.2021 02:44
Бунинг ажабланирли жойи йук ,узбек тили Узбда тан олинмагандан кейин авгонлар тан олармиди